Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.05.2009 17:04   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kuni kecha bundan to'rt yil avval yozilgan maqolani o'qib qoldim. Dono xalqimizda "Ko'z-ko'z qilmang-ko'z tegar" gapi qanchalik asosli ekanligiga amin bo'ldim. Qiziq, bundan to'rt yil oldin vaziyat qanday bo'lsa, hozir ham shunday. Hech narsa o'zgarmagan....
Цитата:
Ustoz Ozod Sharafiddinov gazetadagi bir maqolasida "Hadeb reklama ko'rsataversa, televizorni uriи sindirgim keladi" degan edi.
Men televizorimni sindirolmayman-ko'zim qiymaydi, yaxshisi , unga qaramay qo'ya qolaman. chunki bema'ni reklamalarga qarshi kurashib ko'rganman. Qo'limdan hech narsa kelmagan.
Bir muhokamada tamaki reklamasi xususida anchayin mulohaza bildirganimda "zamonaviy" akaxonlarimizdan biri dabdurustdan "Nima siz bozor iqtisodiyotiga qarshimisiz?" deb dag'dag'a qilgani yodimda.
Albatta, bu jahonshumul, mutaraqqiy tizimga qarshilik qilish befoyda. Kishini, nihoyati, reklama bahonasida sodir etilayotgan ayrim aldamchiliklar tashvishga soladi.
Bozorga mol chiqargan odam hech qachon uni yomon demaydi. Artib-surtadi. Ko'z-ko'zlaydi. Ta'rif-tavsif beradi. Oxir-oqibat qo'lingizga tutqazib, pulingizni olgachgina tinchiydi. haloli bo'lsin.
Bugungi reklamachilar esa pulingizni shilgandan keyin ham tinch qo'ymaydi. radio, televizor, gazeta-jurnal, simyog'ochu turli tuman peshtoq va devorlar- qayoqqa qaramang, goh molini, goh "ko'rsatadigan" xizmatini, goh o'zini ko'z-ko'z qilib turadi. Qochadigan joy topib ko'ring-chi!
Matohing shu qadar zo'r, oliysifat ekan, uni tiqishtirishga namuncha jon koyitasan, birodar, degingiz keladi. Bozor-da, bozor!
Gap shundaki, ko'pincha qing'ir yo'llar bilan kelgan yoki bozori kasodroq matoh ana shunday zo'r berib reklama qilinadi. Dod degudek bo'lsangiz, sotib olmagin edi, ko'rmagin, bormagin edi deydiganlar ham topiladi.
Eng bezor qilgani - dori-darmon reklamasi.
Qorin to'yg'izadigan noz-ne'matlar turib allanimabalo "mo'jizaviy" hapdorilar ta'rif-tavsif etiladi. Ichsa-o'lgan odam tirilib ketarmish, esa-munkillagan chol yosh yigitga aylanib qolarmish! Afsuski, chunday cho'pchaklarga laqqa tushadigan anoyi "o'lik"lar ham, yoshligini tush ko'rib yurgan xomxayol chollar ham kam emas. Sho'rlik, reklama qurbonlari!
Yoki, deylik, besh yuz so'mlik lotoreyaga bir emas, uchta(!!!) yengil mashina yutgan yigitcha ekranda bor-yo'g'i velosipedli bo'lgandek iljayibgina tursa... kim ishonardi bunga? Yolg'onni ham уздфыр kerak-da!
Reklamaga tushmagan nima qoldi? Insof, uyat, andisha emas, g'irromlik, qalloblik shiorga aylanib ketmadimi?
Nimaiki hadeb ko'z-ko'z qilinaversa, bilingki, yo bir illati, yo nozikroq bir sababi bor!
Yo'q, biz bozor munosabatlariga ham, uning zarur vositalaridan hisoblangan reklama siyosatiga ham qarshi emasmiz. aslo. Bu jarayonni tartibga soladigan, o'rni kelganda nazorat qiladigan maxsus tashkilotlar tuzilganidan ham xabardormiz. Ammo shular bahonasida surbetlik, g'irromligu qalloblik namoyishi avj olib ketishidan xavotirimiz borligini ta'kidlamoqchimiz, xolos...

Erkin A'zam, 2005-yil
Ответить 
"+" от:
 
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх