11.02.2009 15:59
|
#11
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Цитата:
Цитата:
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin ayog' chin ila shikan qilg'il!
|
Bu baytda "chin ila shikan" gajak va jingalak degan ma'noda. shoir manzurga murojaat qilib, ko'ngullar yuzungga yetishsin, yuzingdan ko'ngillar lazzatlansin desang sochingni boshdan oyoq jingalak qilib tashla demoqda. Nega shunday demoqda? Chunki oshiqning oxirgi maqsadi ma'shuqaning yuzini ko'rishdan iborat. Hech kim o'z do'stini ko'rgani borsa, uning bilan yuzlashmasdan orqasidan yoki yonidan ko'rib, bo'ldi ko'rdim, deb orqasiga qaytmaydi. Do'st do'stning yuzini ko'rgandagina uning ma'naviy tashnaligi qonib, ko'ngli taskin topadi. Soch yuz bilan tutash bo'lganligi uchun yuzni ko'rish umidida bo'lgan kishining ko'nglini iztirobga ham soladi va uni ko'rish umidini ham kuchaytiradi. Jingalak sochning oddiy sochga nisbatan mazkur xususiyati kuchliroq va jozibasi ortiqroq bo'ladi. Bunda jingalakka ilinish, osilish imkoniyati ko'pligi ham nazarda tutiladi. Buning yana bir ma'no jihati bor. Soch maqsadga erishish yo'llarini bildirar ekan, jingalaklik chigallik va qiyinlikni anglatadi. Yo'l azobi qancha ortiq bo'lsa, maqsadga erishish rohati shuncha lazzatliroq bo'ladi. Mehnatsiz muyassar bo'lgan narsa kishiga lazzat bag'ishlamaydi.
|
|
|
Ответить
|