Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva
Nigora opa! "Tutash taqdirlar" seriali xususida faqatgina ijobiy fikrdamisiz yoki...?
|
Hozircha bir fikrga kelganim yo'q. Sababi ko'z tegib qolishidan qo'rqaman. :-)
Menda o'zbek seriallaridan "Ko'ngil ko'chalari"gina yaxshi taassurot qoldirgan.
Undan keyin "Domla"ni ishlashdi, biroq moliyaviy sabablar tufayli serialning qolgan qismlarini ishlash ishlari to'xtab qoldi.
"Charxpalak"ning birinchi qismi yaxshi ishlangan, qiziqarli hamda mazmunli syujetlarga boy, biroq ikkinchi qismi "Mendan ketguncha, egasiga yetguncha" tarzida ishlangan.
Televizor ko'rishga vaqtimni qizg'anaman.
Avvallari ishlangan "Navoiy", "Ulug'bek xazinasi", "Yulduzli tunlar", "Abadiyat qonuni", "Girdob", "Ichkuyov", "Kecha va kunduz" seriallarini miriqib ko'raman.
Sababi ulardan nimanidir, qandaydir ma'naviy ozuqani olsa bo'ladi.