|
Ulug’larimizdan biridan so’radilar: “Odam bolasining qancha aybi bor ekan?”. Ul zot javob berdi: “Sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi. Biroq insonda bir xislat borki, u kishining hamma aybini berkitib turadi. U – tilni tiyishdir.”
Ulug’lar o’gitidan
Sukut insonning eng harir libosidir.
Umar ibn Xattob
Kitob – mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob – senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil
Последний раз редактировалось olim; 19.11.2008 в 16:54.
|