Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva
...Sun'iy endi labda tabassum,
Dilimda qon yig'lab yuribman har on.
Soxtadir gul ko'rib quvonishim ham,
G'unchalar o'rnida qovjirar hazon.
Avvalgi taftli o't, shodlik endi yo'q,
Barchasin to'ldirdi beda'vo armon.
Endi o'sha armon bir umr meni,
Ezib, yuragimga bo'lar hukmron....
Aziza To'lqin qizi (men)
|
Forumimizda
Firdavsdek shoirlar-u,
Aziza Abdunabiyevadek shoiralarning borligi tahsinga sazovor.
Bu nazm bog'iga kirolmas xazon,
Bizni mahv etolmas zavol lashkari.
Men ketsam mung'aymas o'rnim hech qachon,
Bu bog'lar bir bog'lar bo'ladi,
deb yozgan edi Zulfiya.
Ko'rinib turibdiki, o'zbek adabiyotining she'riyat bo'stoni kelajakda yanada gullab-yashnaydi