28.03.2008 11:37
|
#11
|
Toshkent Islom Universititeti qoshidagi akademik litsey
talaba
Сообщений: 23
+ 10
24/12
– 0
0/0
|
Цитата:
Сообщение от Akhmad Kodirov
Kompyuter haqida hazil she'r
Bizga notanish bo’lgan,
Allaqaysi tomonda,
Bir oila bor edi,
.........
|
Internet Internet, aylanay nomingdan sening,
Gapga lim-lim to’lug’ jomingdan sening.
Bugun bu dunyoning egasi sensan,
Poyonsiz olamning erkasi sensan.
Sekin Yer yuzini aylading ishg’ol,
Bir ishing yaxshi-yu, bir ishing ishkal.
Sen so’nmay, so’limay yoz-qish yashaysan,
Qit’adan qit’aga mish-mish tashiysan.
Zangor ko’zlaringda hamma narsa bor:
Kim ishdan ketdi-yu, kim esa – bemor.
Tunlar yoritasan kuldonlarni ham,
Bir zum tinch qo’ymaysan sultonlarni ham.
Ishing bor podsho-yu cho’ponga qadar,
Darrov yetkizasan yoponga qadar.
Qochib qutulmagay sendan puldorlar,
Tannoz sanamlar-u satang dildorlar.
Garchi kecha –kunduz uyqularing yo’q,
Lek sening insoniy tuyg’ularing yo’q.
Qalb-u ro’zg’origa kirib bordingmi,
Biror kambag’aldan sen hol so’rdingmi?
Boysunda bir munglug’ maktab – internat,
Xabaring bormidir bundan, Internet?
O’ylasam ko’zimda jolalarim bor,
Unda mening ma’yus lolalarim bor.
Ular hali o’sib chinor bo’lgaylar,
Ulg’ayib sohibi diyor bo’lgaylar.
Ochiq aytayinmi endi betingga:
Ota bo’loldingmi biror yetimga?
Tuganmas fol bilan romingdan sening,
Internet, aylanay nomingdan sening!
Zo’r bo’lsang xabar ber, bergil kafolat,
Qachon yer yuzida tugar jaholat?
Odamzot mehrga qachon to’ygaydir?
Qachon yomonlikning uyi kuygaydir?
Aytgil uka-singlim, yana bolamga:
Qachon muttahamlar tugar olamda?
Tong chog’I sen shamol estirib bergil,
Zo’r bo’lsang, bir nihol o’stirib bergil!
Sen asli kamolot belgisi, huzur,
Sal ranjitgan bo’lsam, Internet, uzr.
Senda ham bir ajib tantiliklar bor,
Yangi kelinchakday yangiliklar bor.
Olis ellarga nur rishtalar yetkiz,
Mening yurtimdan ham mujdalar yetkiz.
Toki xush saharlar ko’msin dunyoni,
Ko’msa xushxabarlar ko’msin dunyoni!
S. Sayyid
Последний раз редактировалось Dilya Hasanova; 28.03.2008 в 11:49.
|
|
Ответить
|