|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
MATBUOT DO`KONIDA... TIRNOQ BO`YOG`I? Iste’dodli yosh qalamkash O`tkir Turmamatov 1989-yilda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug`ilgan. Maqolalari turli gazeta-jurnallarda yoritilmoqda. * * * Darslarga tayyorgarlik ko`rish maqsadida do`stimnikiga bordim. U meni kutib olish uchun ko`chaga chiqib turgan ekan. Yo`l-yo`lakay uyning yonginasidagi “Matbuot do`koni” deb yozib qo`yilgan butkaga qayrildi. O`rtog`im biron-bir gazeta yoki jurnal xarid qilmoqchi, shekilli, degan hayolga borib, aytarli e'tibor ham bermapman. Vaholanki, u “Matbuot do`koni”dan matbuot nashrini emas, balki dars tayyorlashda ermak qilib o`tirish uchun ikki o`ram pista va yana allambalo mayda-chuyda attorlik buyumlarini xarid qildi. Uyidan sal uzoqroqdagi savdo do`koniga borgandan ko`ra, ashqol-dashqollarni shu erdan olish afzalroq ekanini ham ta'kidlab qo`ydi... Kundalik yumushlar bilan chalg`ib bu voqea yodimdan ko`tarilay debdi. Yaqinda jamoat transportida ketayotib, yonimdagi ikki dugonaning suhbati qulog`imga chalindi. – Lak bo`yog`ing chiroyli ekan, qayerdan olding? – Bozorning biqinidagi “Matbuot do`koni” dan... Biror narsani har kuni, har qadamda ko`raversangiz, ko`z o`rganib qoladi. Hattoki, uning kamchiligi-yu nuqsonlari ham sezilmaydi. Gazeta va jurnallarni sotish uchun mo`ljallangan bunday do`konlarning oldidan har kuni o`tib-qaytsam-da, jiddiyroq razm solmagan ekanman. Yuqoridagilar sabab bo`lib, matbuot shahobchalarini ko`zdan kechirsam, haqiqatdan ham ajablanarli ekan. Attorlik buyumlari munchoqdek terib qo`yilgan. Bu yerdan pista yoki “lak” tugul tirnoq olgich moslama-yu bolalar o`yinchog`i, tamaki-yu saqichdan tortib, hatto erkaklar va ayollar paypoqlarini ham topish mumkin ekan. Sotuvchi o`z do`konidan zarur nashrlarni topib berolmasa-da, lekin attorlik buyumlari topiladi. Do`konda savdo qiladigan bir ayolni gapga tutib, “Matbuot do`koni” da attorlik mollarini ham sotish mumkinmi, deb so`radim. U savolimga javoban hozir shahobchasida nimaiki sotayotgan bo`lsa, hammasiga ehtiyoj borligini ta'kidladi. Ehtiyoj bor ekan deb, matbuot shahobchasida attorlik buyumlarini sotaverish to`g`rimikan? Shundoq ham xo`jalik va oziq-ovqat mollari bilan savdo qiladigan rastalar to`lib-toshib yotibdi-ku! Undan ko`ra, “Matbuot do`koni” degan nomga dog` tushirmasdan, bunday shahobchalarga matbuot nashrlaridan tashqari, yangi chop etilgan kitob va qo`llanmalarni keltirib sotish yahshiroq emasmi? O`shanda kitobxonlarga yanada ko`proq qulaylik yaratilgan bo`lardi. O`tkir TURMAMATOV |
|
|
Ответить |
|
|