Kompyuter hech qachon kitob o'rnini bosa olmaydi. Har kimning uyida kompyuter mavjud emas, ayniqsa "internet", har bir o'quvchi ham kompyuterda ishlash tugul kompyuterdan foydalanishni ham bilmaydi. Menimcha hozirgi kunda Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida o'quvchilarning mustaqil ishi bo'lib, unga ko'ra har bir o'quvchi ijodiy ish bilan shug'ullanishi ya'ni mavzu bo'yicha internetdan yangiliklarni izlab topishi kerak. Buning uchun vaqt va mablag' talab etiladi. O'qituvchi bergan referatlarni "internet" xonalarga borib pulga qildiradi. har bir o'quvchining uyida kitob o'qib mustaqil ravishda uy vazifasini bajarishi ijodiy ish emasmi? Agar o'quvchi uy vazifasini har doim bajarsa, qo'shimcha adabiyotlardan foydalansa shuning o'zi menimcha mustaqil ishdir. kompyuter o'rniga o'quvchilarga qo'l bilan bajaradigan laboratoriya ishlarini ko'rsatish lozim.Buyuk Komfutsiya aytganidek:"Aytsang unutaman, ko'rsatsang eslab qolaman, o'zim bajarib anglab yetaman".
|