Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov
Men esa u misralarda kibrni ko'rdim, ya'ni, "Sen kim bo'libsan, menga tenglashadigan, Men sendan ancha yuqoridaman". Menga yetishga ulgurasanmi, yo'qmi, degandek ma'no... Sharq she'riyatida, odatda kishi o'zini hokisor tutishi, kamtarinligi kuylanadi, bilishimcha. Agar u tasavvufda bo'lsa, Yaratganning ishqiga yetishish yo'lida inson o'zini qanchalik kibrli tutsa, shuncha uzoqlashishini ham ko'p kuzatganman.
Shu bilan birga, yuqorida muallif o'zini "Sen bandasan" (e'tibor bering, men kabi bandasan, degan ma'noni anglamaysiz bu yerda, qayta o'qib chiqing  ), men esa Sendan ancha o'zib ketganman, demoqda. Bu esa, kibrdan dalolat.
Kishining xatosini ko'rsatish - yaxshi odat, biroq bunda inson o'zini namuna qilishi, takabburlikdan, o'ziga ortiqcha baho berishidan. Odatda, xatoni ko'rsatishda ulamolarga qiyoslanadi, payg'ambarimizga qiyoslanadi, ularning fazilatlarini namuna qilib ko'rsatiladi...
|
She'riyat zimmasidagi mas'uliyatli vazifa-odam qalbini o'tkinchi va mayda tuyg'ulardan, yovuz va tuban tushunchalardan omon saqlash, poklash, undagi hayotdagi sobit haqiqatlarga e'tiqodni ifodalaydigan fikru tuyg'ularni tarkib toptirishdan iborat.
She'riyat insonni o'zining ko'ngli, xotiroti va ma'naviy faoliyati uchun mas'ul bo'lishga o'rgatadigan beqiyos muallim va murabbiyligini ahli ijod-forumimizning shoirlari unutmasalar yaxshi bo'lardi. Insoniy ishqning hosilasi-Olloh sevgisi bo'lganidek, haqiqiy ishqning mevasi-olam va odamga muhabbatdir. Shunday ekan she'riyatda nafratni ifodalash joizmikan?She'riyat ko'ngil ishi ekan, u odamlarni birlik va hamjihatlikka chorlaydigan kayfiyatni tug'dirmog'i kerak emasmi?!..
Bil'aks, she'r insonda yaratilishidan mavjud bo'lgan soflik, begunohlik, mehribonlik, kamtarinlik kabi xususiyat, qobiliyat va fazilatlarni mushtarak hamda mukammal tarzda asrab-avaylash, taraqqiy toptirishga g'amxo'rlik ko'rsatadi. Kibru-havoni emas. She'rni o'qigan o'quvchi shoir shaxsining yorqin aksini ko'radi.