|
Nazarimda "Zakovat" bo'limida qo'yilayotgan savollarning saviyasi tushib borayotgandek. Ayniqsa, so'nggi qo'yilayotgan savollarda qandaydir bir xillikni ko'rish mumkin. Hammasi arifmetik, yoki diagramma orqali javob topish imkonini beradigan savollar...
Menimcha savolni shunday qo'yish kerakki, hamma uchun birdek qiziqarli bo'lsa va uni javobini ko'rgan inson beixtiyor, "Eh, shuni bilmabmana", "qoyiley" deb yuborsa...
Qani milliy urf odatlarimiz, tariximiz, an'analarimiz, mumtoz adabiyotimiz, hayotimizda kuzatiladigan va biz guvohi bo'ladigan voqea hodisalarning sirli va qiziqarli jihatlarini o'zida qamrab oladigan savollar....
Menimcha ana shularni e'tiborga olib, kutilmagan, qiziqarli savollarni forumda qo'ysak, bu bo'limda faqat bir ikki kishi emas, balki butun bir jamoa-forumchilar jamoasi bahslashib o'ynashadi.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Последний раз редактировалось albatros; 21.04.2012 в 09:20.
|