|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
Assalomu alaykum!
Barcha forumdoshlarni Yangi Yil bayrami bilan tabriklayman. Ishlarida omad, dasturxonlariga to'kislik va qut-baraka, oilalariga tinchlik va baxt-saodat tilayman!!! Yangi yil tongida yozilgan she'r. Singan va sindirgan dil o'rtasida Alam devorini qurib bitkazdim. Orzu sog'inchida kutilgan kunni Armon olovida kuyib o'tkazdim... Mushaklar porlaydi. Soat o'n ikki. Kutaman - kimimdir esga olar, deb... Hech yo'qsa: "Bayraming muborak!" - deya, Bittagina xabar yozib qolar, deb... Yulduzlar porlaydi sukunat aro, Bayram tantanasi, g'ovuri tingan... Men hamon yolg'izman o'ylarim bilan: "Nega umid qildim muhabbatingdan?!" Afsus-la kuzatdim yana bir yilni, Yana bir yil keldi Sevgingsiz, Sensiz... Xudodan so'rayman: Yanagi yilga - Yangi yil tongini kutmasam yolg'iz... Yolvorib so'rayman... Ohlarimda dard, Ming bitta g'am ko'char ko'nglim qatidan... Bilmam, yana nega ishondim Senga, Umid qilib yolg'on muhabbatingdan?! Tushundim - bariga sababchi o'zim, Bariga aybdor ham shu sodda ko'ngil... Yig'lamasin, - deya, - takror uchrashsak, Menga G'URUR sovg'a qildi Yangi Yil... Последний раз редактировалось Aliya; 02.01.2012 в 23:38. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|