Цитата:
Сообщение от Alouddin
Qush inida ko‘rganini qiladi-da. Bola ona qornidayoq axloqiy jihatdan shakklana boshlaydi. Shuning uchun, bir ilmli kishidan farzand tarbiyasini nimadan boshlay, deb so‘rashganda, "Uning uchun tarbiyali ona tanlashdan",- deb javob bergan ekan.
Ota-ona bolaga "uni qil-buni qilma" deb tarbiya berishlaridan tashqari, ularning o‘zlarini tutishlari ham bola uchun katta dars, namuna bo‘ladi. Balki mana shunisi kuchliroq singadi, bola ongiga.
Sut bilan kirgani jon bilan chiqadi.
|
Фикрингизни инкор қилмаган ҳолда, шуни айтишим мумкин.
Дарахт кўкариши учун ер, сув, қуёш керак бўлгани каби,
Фарзанд тарбиясига қуйидаги омиллар таъсир қўрсатади, менимча.
Оилавий муҳит. (ота-она ибрати.)
Ота-онанинг ҳалол пул орқали рўзғор тебратиши.
Жамият.
Қайсисининг фоизи қанча, бу - алоҳида масала.