Adibimiz bo'lgan bugungi qiziqarli kechada ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'ldim. Ustoz Xurshud Do'stmuhammad axborot haqida gapirar ekan quyidagi fikrlarni alohida ta'kidlab o'tdi:
Цитата:
Axborot bu juda keng ma'no anglatuvchi tushuncha. Men shu kungacha "axborot" tushunchasi uchun ko'plab buyuk insonlarni fikrlarini o'rganib chiqdim. Yigirmadan ortiq topgan bu ta'riflarning mazmun mohiyati ayrimlari o'xshash bo'lsa, ayrimlari bir-biridan farq qiladi. Ammo umumiy holda "axborot" tushunchasiga yagona va "qolib" sifatida e'tirof etilgan ta'rif yo'q. Bu esa o'z-o'zidan "axborot" degan terminning juda keng ma'noli tushuncha ekanligining yana bir isbotidir.
|
Bugungi kunda minglab chop etilayotgan gazeta va jurnallarimizning saviyasi va ularga bo'lgan munosabatlar haqida aytilgan quyidagi mazmunli suhbat ham menga katta taasurot qoldirdi:
Цитата:
Sir emaski biz bugungi kunda xabar olishimiz mimkin bo'lgan vositalardan biri bu yashil matbuotimizda chop etilayotga gazeta va jurnallarimiz- deya fikrlarini davom ettirdi domla. Xo'sh, bir necha ming nusxada nashr etilayotgan bu gazetalar to'la-to'kis ulardan olishimiz bo'lgan ehtiyojimizni qondirayapdimi? -Albatta, yo'q. Ammo nega?! Bu muammoni hal etishimiz uchun biz nima ish qilishimiz kerak? Yangilik va xabarlarga o'ch bo'lgan gazetxonlarimizni ehtiyojlarini qondirish uchun qanday maqolalar chop qilishimiz kerak? Buning uchun avvalo xalqning ham eshitishni bilishimiz lozim. Ularga faqat biz emas, ular ham bizga gapirsin. Ularni ham qalbiga quloq tutaylik. Ular bilan erkin fikr almashsak, ana shunda ma'naviy ozuqaga tashna yuraklarga nima kerakligini bilib olishimiz mumkin bo'ladi.
|
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Последний раз редактировалось albatros; 06.12.2011 в 23:22.
|