Цитата:
Сообщение от мафтун
Илтимос, имкон бўлса, шарҳини ҳам келтиринг...
бошқаларни билмадим, аммо менга бироз "етиб келмади".
|
Cho'chimaslik deyapti...Insonda aslida qo'rquv kuchli bo'ladi. Qo'rquv- Allohning bandasiga bergan ne'mati. U kerak, chunki qo'rquv ma'lum ma'noda odamga ehtiyotkor bo'lishlikni ta'minlab beradi. E'tibor bergan bo'lsangiz, aynan qo'rqadigan odamlar o'ta ehtiyotkor insonlar. Bu yaxshi. Hazrat Navoiy ogohlik haqida chiroyli misralarni qoldirganlar: ogohsen, ki shohsen deb...
Lekin, masalaning boshqa tomoni ham bor, aynan o'sha tomonini ona ot, toychog'iga ko'rsatyapti...maqsad sari inson qo'rqmasdan yurishi kerak, ayniqsa, har qanday bosim, hayqiriq, unga tegishli bo'lmasa...hud-behud qo'rqaverishlik-insonni maqsadidan ozdirib qo'yadi...