|
Men- Majnunman, she'rim, Sen-Layli!
|
|
Uforumning 5 yilligiga bag'ishlanadigan ushbu tadbirga uforumning barcha zabardast shoir va shoiralarini chuqur hurmat bilan taklif etaman. Barcha akaxonu opalarimiz, uka-singillarimiz o'zlarining aynan yangi ijodlari bilan biz muxlis va muxlisalarini xursand qiladilar degan umiddaman. Ushbu tadbirning sharti shuki yangi, ya'ni kecha emas, o'tgan kuni emas, 1 yil oldin yozilgan she'rlarini emas, balki bugun yoki ertaga, indinga, xullas yanagi hafta davomida ham yozilgan she'rlarini, quyida qo'yib borishlarini kutib qolamiz. Albatta, uzun she'r bo'lishi shart emas, chunki ijodga shart qo'yib bo'lmaydi. 4 qator she'r bo'lsa ham mayli yoki 2 misrali masnaviy bo'lsa ham mayli, asosiysi, yangi ijod bo'lsin. Bu bilan ishtirokchilar o'zlarining uforumga bo'lgan hurmat va e'tiborlarini ko'rsatadilar degan umiddaman. Mavzuga chegara yo'q, erkin mavzu: dard, alam, muhabbat, ayriliq, firoq, visol, qish, kuz, bahor, umid, ishonch va h.k....She'rlar biz she'r shinavadalari tomonidan zo'r olqishlar bilan rahmatlar bilan qarshilanadilar...
Chuqur hurmat bilan....
|