Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.10.2011 11:44   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Samarqand va Hirot

Shundoq Registonning yonboshidagi
Uzun, tor yo'llardan tentirab ketib,
Qanday kelib qoldim, bila olmayman,
Hirotga-Boyqaro qasriga yetib?
Kimdir dedi: "Qaytar tarixni ortga,
Mo'min Mirzo sendan kutmoqda panoh".
Lek mendan oldinroq o'lim xatiga
Muhrini bosadi g'aflat bosgan shoh!
Osmon charxpalagi ortga ketmoqda,
Qaylarda qoldingiz, Shoiri zamon?
Hirotni bir qora quyun yutmoqda,
Dunyo borayotir qiyomat tomon.
"Uyg'oning, xoinlar, o'lim qasdida,
Shohim, jon rishtangiz uzayotgan kim?
Sohibqiron bergan qilich dastidan
Torting qo'lingizni, Xadichabegim!"
Lek, makkor ko'zlardan uchgan laxcha cho'g'
O't qo'yar saltanat devorlariga.
Mo'min Mirzo boshin kesar bir mahluq,
Qon sachrar Samarqand minorlariga!..
Shahid ketgan Oyning intiqomiga,
O'rnidan bir qalqib ketar Go'ri Mir!
Boyqaro qo'lini botirib qonga
Jahongir poyiga tushadi shamshir.
Endi kim yuvadi bu qon yuqini?
Kim uni ko'tarib qo'yar joyiga?
O'tkir ovoz keldi daxmadan: "Kimki
Boshini qo'ysa, gar, yurtning poyiga!"
Afsuski, tarixga endi tahrir yo'q,
Yotibman, ruhimni shu azob yanchar.
Sizning ko'ksingizga kelib tekkan o'q,
Mening yuragimga urilgan xanjar!
Tursam-u, tug'imni ko'tarsam, illo,
Dunyoning teng yarmi yukunib kelar.
Meni xavfga solmas o'zgalar, ammo
Meni qo'rqitadi o'zimnikilar!..
Umutmaki, sen ham mening avlodim,
Shiddating ko'klarga ko'targan chog'i,
Vatan kabi asra qalbingni, tokim
Zimdan urilmasin fitna pichog'i!.."
... O'zingni otib tosh daxmalar tomon
o'kirib-o'kirib yig'laging kelar.
Axir qanday yomon, qanchalar yomon,
Dushmanlaring bo'lsa - o'zingnikilar!
Samarqand va Hirot tutashgan joyda
Sirli bir ko'prikdan o'tib xayoliy,
Boqaman, tunda men tikilgan Oyga
Qarab turgan bo'lar Hazrat Navoiy!

Zebo Mirzo

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.10.2011 в 11:54.
Ответить 
2 "+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх