Цитата:
Сообщение от Pfefferminze
Men yaqinda bunga yana ming karra amin bo'ldim...oila tinchligi biz Sharq odobida, eng avvalo, qaynona ko'ngil xotirjamligi ekan...:-)))) Sizdan, lo'li obrazini kutib turadigan, mo'tabar inson ekan, qaynona...:-))
R
|
Qaynonaning ko'ngil xotirjamligi turli xil mezonlar bilan o'lchanadi. Bu albatta, uning hoyu-havasi, dunyoqarashi bilan o'lchanadi. Qaynonalar bor kelinini aqlini, zukkoligini, qo'lidan ish kelishini qadrlaydi; qaynonalar bor kelinining sarpo-surug'ini, olib kelgan mol-dunyosini qadrlaydi.
O'zga xonadonga kelin bo'lib tushgan har qanday qiz o'sha oiladagi har qanday shart-sharoitga ko'nikib ketishga, oilaviy shart-sharoitga moslashishga harakat qiladi. O'zbek ayollari qizlarini, suv kelsa simi5rasan, tosh kelsa kemirasan, borgan joyingda qum-tosh bo'lgin, deb tarbiyalashadi.
Lekin kelin qaynonasida "lo'li" obrazini ko'rsa-chi... Yaqinda eshitgan bir voqea: Yosh oilaning ajralishiga qaynonaning kelinini urib, lab-lunjini yorib yuborganligi sabab bo'lgan. Buni kelinni uyidagilari bilib qolishgan. Bundan oldin bir qancha shunday voqea bo'lgan, biroq kelin uyidagilariga bu haqida hech narsa demagan. Bunday qaynonalarga qanday chora ko'rish kerak?