|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#11 |
|
Tugallanmagan satrlar...
Har bosgan izimga bersang ham salom, Menga HECH KIM bo'lib qolaverasan... Senga atalmagan "Oshiq" degan nom, Yolg'on ishq o'tida yonaverasan... *¤*¤*¤*¤* Ketgan karvon ortidan Termulmoqdan nima naf? Tunga Quyosh diydori Bo'lmagandek musharraf... *¤*¤*¤*¤* Baxt misli kapalak - tutsang-tutmasang, Go'zal parvozlari lahzalarga teng... Hech qachon o'rmaysan - neni ekmasang, Torga - tor bu dunyo... Ko'ngli kengga - keng! *¤*¤*¤*¤* Taqdir bizni sinab, charchamadi hech, Baxtiyor lahzalar sarson qaydadir... Faqat: "Bir kun kelib, baxtimiz uchun Senga qaytaman!" - deb menga va'da ber... *¤*¤*¤*¤* Sening ko'zlaring ko'r bo'ladi albat, Mening osmonimda Quyosh chiqqan kun! Qismat charxpalagi navbatma-navbat, Mukofot olarsan har so'zing uchun! *¤*¤*¤*¤* Ko'ngillarda mehmon ekan ishq-muhabbat, Ko'ngil go'yo beshyulduzli mehmonxona... Tohir uchun Zuhrolarning sanog'i yo'q, Zuhroxonga mingta Tohir oshiq yana... |
|
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|