Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.07.2011 09:55   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hayotning har lahzasi go'zal

Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo'lib orasta,
Gul salomdan ko'taradi bosh.
Hovli go'yo yuvilgan chinni,
Yo'llar go'yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bir kunni,
El oyoqqa turar jonsarak...
Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat...


Qaymoq isi yayratar tanni,
dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o'zanni
Odamlarga to'lar ko'chalar.
Asli hatto go'dak to'ydirmoq
barobardir og'ir yumushga.
Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o'qishga.
Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat...


Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko'pin qaytib ko'rmoqdir mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning uchun tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko'zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin...
Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat...


Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turar munchoqko'z bola
"Tinchlik" so'zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola
Intilasan yana oldinga...
Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat...


Bu yurtda alp chinorlar o'sar,
Ko'k gumbazlar o'ngu so'lingda.
Bir azaga kirib o'tsang gar,
So'ng o'nta to'y uchrar yo'lingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig'ilar eski ulfatlar.
Odamzotga dunyo bo'lmas tor
To mavjuddir shirin suhbatlar...
Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat...


Bosh ko'tarmas kimdir ishidan,
Kimdir o'ylar ulug' bir reja.
Yana sirli olam qushiday
Qo'na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko'ngli to'lib,
Ertangi kun uchun to'plar dosh.
Anvar shoir charchog'i bo'lib
Tog' ortiga yonboshlar quyosh...
Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat...


Anvar Obidjon
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх