Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.06.2011 14:48   #11  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
бўлмайди...
Domla, sho`xligingiz ham bor bo`lsin!


Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
"кипригим биқирлаб қайнар, сувларни майдалаб чайнар, ичаги, юраги синар" каби беўхшов, телба-тескари гапларни фалончи устоз шоир ҳам ёзган-ку...

Aytgancha, domla, yana takror aytishni lozim topdim: o`sha MENSIZLIKlar, SENSIZLIKlar, SASSIZLIKlar o`ylab topilgan so`z emas, aksincha ayni turkiy lug`atlarda, adabiyotlarda, san`atda uchraydigan so`zlardir. Agar bunga shubha qilayotgan bo`lsangiz, marhamat qilib, shaxsiy lug`atingizdan HURMATSIZLIK, ADOLATSIZLIK, TENSIZLIK, HAQSIZLIK so`zlarini o`chirib tashlashga so`z bera olgan bo`larmidingiz?! Hatto, HAQSIZLIK iborasi dinimizning muqaddas kitobi QUR`ONI KARIMning izohida ham uchraydi.

Agarda, bu so`zlarning turk tilidan kelib qo`shilishi jinoyat ekan, unda O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovni ushbu satrlari uchun sudga berib yubormasangiz edi:

«BISYOR bo`lsa agar – bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom»

“Bisyor” forscha so`z axir!

Shaxsiy hayotingizga daxl qilish niyatidan yiroqman, ammo, siz men qatori bo`lgan paytlaringizda, balki, yurak sinishiga birov ishonmagandir, bizning davrimizga kelib esa, Mustaqillik shamollari esgani ko`nglimizdan o`tganlarini yaqqol namoyish etish uchun minbar yaratib berganidir.
She`riyatga bergan “qaynoq” ta`rifingizdan tushunib yetdimki, siz muhabbatning ko`chasidan anchayin yiroqlashib ulgurgan ko`rinasiz. Agarda, qalb ko`zlaringizni kattaroq ochib qarasangiz, singan, sindirilayotgan yuraklarni faqatgina she`rlarda emas, atrofingizda nafas olayotgan, bedor tunlar ichida hayot kechirib kelayotgan yuzlab, hatto, minglab insonlarda ham ko`rishingiz mumkin!
Yana shuni aytishni burchim deb bildimki, siz so`zning ko`chma va o`z ma`nosi o`rtasidagi farqni qorishtirib yuboryapsiz! Chunki, she`riyatda shoh va gadolik bor, ammo pul va moddiy boylik yo`q, yurak va qalb bor, ammo, ICHAK YO`Q! Yurak sinmas ekan, unda ko`zning qayeri ochiq tomir bilan tutashgan ekanki, undan yosh o`rniga ASHK oqsa?! So`zni o`z o`rnida qo`llash ustida avvalo, o`zingiz yaxshilab bosh qotiring!!!

Bahs mikrofonini yana sizga tutqizar ekanman, ushbu forumni kuzatib borayotgan foydalanuvchilar e`tiboriga – javob o`rnida Navoiyni ham mot qiladigan darajada sehrli va go`zal so`zlari o`z o`rnida ishlatilgan ijod namunalaringizdan birini havola etishingizni so`rab qolaman.

Hurmatsizlik qilgan bo`lsam, uzr so`rashdan uyalmayman! Zero, bahslarda HAQIQAT tug`ilajak!!!
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...

Последний раз редактировалось Aliya; 28.06.2011 в 14:52.
Ответить 
 

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх