|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#11 |
|
Bu voqe`aga ham 20 yildan oshib qoldi...
Alanga Odamlar, qahrli ko'zlar ne uchun, Odamlar, zahrli so'zlar ne uchun... (M. Ergasheva) -- Halima, xoy, Halima! O'choqning tagiga gugurt chaqib yubor, tutayverib jonga tegdi. Hidoyat xola bu gaplarni shoshilib ishga chiqib ketayotib aytdi-da, javobini eshitmadi ham. --Aya, Sodiqqa ayting, men imtihondan kech qolyapman,-- deb, Halima imtihonga tayyor emasligini bir zum hayolidan o'tkazdi. Oynaga qaradi, ko'ringan u qizning turishi yoqmadi. O'zini u yoq-bu yog'ini tuzatgandek bo'ldi. Bugun bitirish imtihoni, biologiyadan. Shu bilan maktab ham tugaydi. Keyin-chi... Dadasi bir nimalar deyayotgandi. Yana shu dalaning ishlari-yu, uyning tashvishlaridan boshqa nima ham bo'lardi. Balki, balki... u haqida o'ylagani ham uyaldi. Imtihonga borgisi kelmas, uyda ham qolmoqchi emasdi. Maktabga ketyapti-yu, xuddi oyog'iga tosh bog'langanday. Yo'lda uchragan o'rtoqlarining gaplari ham u qulog'idan kirib, bunisidan chiqib ketaverar, ular kulishsa nimaga kulishayotganining sababini tushunmasa-da, bir qarab miyig'ida kulib qo'yar, ko'ziga aniq bir narsa ko'rinmas, fikri esa tarqoq edi. Imtihon boshlandi. Halima bo`lsa o'zi bilan o'zi ovvora. Komissiya a'zolari 5-6 kishini chaqirib ham oldilar. Kim mayda varoqchalarga nimalardir yozilgan qog'ozlar ko'targan, hayajon bilan uni qayerigadir berkitmoqchi bo'ladi. Kimdir qayta-qayta kitob varoqlaydi, xuddi hozir kirsa shu mavzu tushadiganday. Yana kimdir taqdirga tan berib, eshik yonida besabrlik bilan imtihonga chaqirishlarini kutadi. Halimaga esa bu tuyg`ular begonaday. Tezroq qutulsa-da... keyin bir gap bo'lar. --Halim, kir seni chaqirishyapti,--deb, turtdi dugonasi. Shundagina u koridorda anchadan buyon derazaga termulib turganini sezdi.Biroz hushyor tortdi. Chuqur nafas oldi va biologiya kabineti tomon yo'l oldi. 26-bilet tushibdi... borib orqaroqqa o`tirdi. 1-savol -- bilmaydi 2-savol -- uni ham 3-siga ham javob yo'q. Bir oz fursat o'tgandan so'ng uni ham javob berish uchun chaqirishdi. Aytarli javob bera olmagach, imtihondan "yiqitishdi". --Bahoying "ikki"-- dedi, qorachadan kelgan, yoshi elliklardan oshib qolgan jikkakkina ayol -- biologiya o'qituvchisi. Unga o'qituvchining o'ziga yarashmagan katta ko'z oynagining ortidagi ko'zlari tashqariga chiqib ketganday ko'rindi. Mayli, nima qilsin, ayb o'zida. Aslida nima farqi bor... bo'lar, degan hayollar bilan endi eshikka yuzlanmoqchi bo'lib turgan bir paytda, orqasidan haligi o'qituvchining: --Halima, qani bu yoqqa qara,-- degan tahdidli ovozini eshitdi. Qaytdi. Sinfda muallima, bir sinfdosh qiz va besh-olti nafar bolalar qolishgan edi. Avval atrofga, so'ngra esa muallimaga qaradi-da, darhol ko'zini polga qadadi. -- Endi nima qilamiz, maktabda qolib ketaverasanmi!?...Hozir borib bizning uydagi mollar tagini tozalaysan, keyin ertaga kelsang "3" qo'yib beraman, tushinarlimi!!? Halimaning ko'ngli aynib, qayt qilib yuboray dedi.Qanaqa isnodlarga qoldi u , ertaga o`rtoqlarining yuziga qanday qaraydi? Dadasiga, akalariga nima deydi… Bir zumda uyga yetib kelganini bilmay qoldi. Uyida yig`lab berayin desa Onasi ham yo`q… -- Dunyosidan to'yib ketdim-ku! Bu nima gap o'zi!?? Borgan sari yuragini vahima bosa boshladi. Shu payt ayvonda yotgan chilvir ko'ziga ko'rindi. Hashakxonaga qo'yilgan shotiga arqonning bir uchini bog'ladi... … tashqaridan kelgan yengil shabboda tutab yotgan o'choqdagi o'tinni yoqib yubordi. Halimaning dadasi, Duvona amaki(men haqiqiy ismlarini bilmayman)ni ertasi kuni maktabda qizining rasmini ko'tarib, yig'lab yurishganini ko'ribdilar: --Qizimni topib beringlar, qizimni... (C) Последний раз редактировалось Alisher Asror; 20.05.2011 в 22:31. |
|
|
|
Ответить |
|
|
|