Muhammad Ismoilning ijodlariga qiziquvchi adabiyot ixlosmandlaridan elektron pochta manzilimga maktublar kelmoqda. Ularni sizning va shoir Muhammad Ismoilning e'tiborlariga havola qilaman:
Цитата:
Salom Nigora opa!
Siz sevimli shoirimiz Muhammad Ismoil bilan suhbat uyushtirib biz she'riyat muxlislarini xushnud etdingiz. Bir savolim bor edi. Muhabbat A.Navoiy davrida Ollohga qaratilgan edi. Xozirgi davrda yorga, ma'shuqalarga bag'ishlangan. Muhammad Ismoil qaysi muhabbat haqida yozadilar? Qaysi muhabbatni tan oladilar? Zamondoshlarimiz kuylagan muhabbat vaqt kelib sarob singari yo'q bo'lib ketmaydimi ? Shu sabollarimni Muhammad Ismoilga berib qo'ysangiz!
|
Цитата:
Bugunning dolzarb mavzusi siz uchun nima?
Ardoqli shoirga savolimni berib qo'ysangiz. Dilafro'z
|