|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ВУЗы Темы вокруг высшего образования, ВУЗов |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1 | ||
O'zbek talabasining darsga munosabatini qanday o'zgartirish mumkin?
Yaqinda Aspirantura yuklanmalarini bajarish uchun bizga universitetning 3-4 kurslariga dars o'tish vazifasi berildi. Darsga tayyorgarlik ko'rish uchun bir hafta oldindan materiallar yig'a boshladim. Horijda o'zimga o'qitilgandek dars o'taman deb o'ylagandim. Darsga tarqatma materiallar, ko'rgazmali qurollar va amaliy mashg'ulotlarning loyihalarini internetdan tarjima qilib tayyorladim. Menga darsni doim "yo'qlama" bilan boshlab, "imtihon" bilan tugatadigan o'qituvhcining dars soatlari hisobidan amaliyot o'tish topshirildi. Men g'arbda qabul qilingan erkinlik prinsipi asosida dars o'tilishini aytdim. Hullas dars boshlandi. Hamma darsga qiziqqan hech kim tanaffusga chiqishni hohlamaydi. Darsning qoyidalarini tushuntirdim: - kim kech qolsa darsga halaqit berib sababini aytib o'tirishi shartmas, to'g'ri borib joyiga o'tirishi mumkin; - Keyingi darsning ma'ruzalari birinchi stolga joylashtirilgan; - Har bir talaba o'z loyihasini tayorlab amaliy mashg'ulotlarda taqdimot o'tib beradi. taqdimotining qachon tayyor bo'lishini esa talabaning o'zi belgilaydi. Ohirgi darsgacha o'zaro kelishilgan holda tayyorlab kelishsa boldi. NATIJA 2-soattalabalarning yarmi kech qolib keldi. yo'qlama ko'rsatkichi esa 100 foizdan 80 foizga tushdi. darsga 25 kishidan 4 kishi tayyorgarlik korgan. o'tgan safar tarqatilgan ma'ruza qog'ozlarini esa hech kim o'zi bilan olib kelmagan. Hech bo'lmasa darsga doir savol tayyorlanmagan. Yechim sifatida yanayam interaktiv dars olib borildi. Germaniya ta'lim standartlarida approbatsiyadan o'tgan Turli qiziqtiruvchi interaktiv o'yinlar va yengilroq ma'lumotlar berildi. dars qiziq o'tdi lekin 80 foiz o'quvchi bilan.Yo'qlama qilinmadi 3-soat. Darsga kirganda avvalgi darsga tayyorgarlik ko'rib kelgan 5 nafar talaba o'tirardi holos. Qolganlar esa sekin sekin kech qolib kirib kelishdi. kelganlar 50 foizni tashkil qilishardi. (Yo'qlama qilinmadi) 4-soat 5 nafar talabadan boshqa hech kim darsga kirmadi. Men yo'qlama jurnalni ochishga majbur bo'ldim va yo'qlarga "nb" qo'ydim. Keyin Dekanatdan tekshiruvchilar kelganda ro'yhatni topshirib bugun dars o'tilmasligini e'lon qilib qoya qoldim. (CHora har bir kelmagan talaba dekanatga tushuntirish hati yozdi) 5-soat Men darsga umuman tayyorgarlik ko'rmaganman. Darsga 100 foiz talaba kelgan! Yangi qoidalar e'lon qilindi: - O'qiituvchidan keyin hech kimni eshikdan kirishga haqqi yoq. - har bir qoldirilgan dars uchun "otrabotka" (20 varaqli referat) topshiriladi. - har bir tayyorgarlik ko'rib kelinmagan dars uchun 2 ball kamaytiriladi. Bu qoidalar joriy etilgandan keyin yana ikta darsni JUDA zerikarli, qo'shimcha ma'lumotlarsiz,darslik asosidagina o'tildi. Lekin Hamma darsda va hamma tayyorgarlik ko'rib kelgandi. Siz qanday fikrdasiz. O'zbek talabalarini nega faqat "jiddiy qonuniyatlar" asosidagina darsga jalb qilish mumkin. Keyin bu talaba ish joyida ham faqat madaniyatli emas qattiqqo'l boshliqqa muhtoj bo'lib qolmaydimi?
__________________
Siempre tengo razon:smile: Последний раз редактировалось Nozima Tashpulatova; 22.11.2007 в 14:43. |
|||
|
|
Ответить |
|
|
|