Assalomu alaykum ushbu forum administratorlari va ishtirokchilari!
Menda bir savol bor.
WWW.GOV.UZ - bu O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalimi yoki O'zbekiston Respublikasining Davlat Hokimiyati portalimi?
Avval bu
www.gov.uz adresda Davlat Hokimiyati Portali bo'lgan. Hozir bu adresda Hukumat portali joylashibdi. old.gov.uz da avvalgi Davlat Hokimiyati portalining sayti joylashgan.
Agar siz bu saytni Hukumatniki desangiz unda, Oliy Majlis palatalarining saytlarining adresiga e'tibor berilsa (senat.gov.uz, parliament.gov.uz) bu hokimiyat organlari Hukumat tarkibiga kirib ketganga uxshaydi.
Hukumat portali -
http://WWW.GOV.UZ
Oliy Majlis Senati -
http://Senat.GOV.UZ
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi -
http://Parliament.GOV.UZ
Yani Oliy Majlis saytlari subdomenda nomlangan. Bu holat mantiqan xato. Juda qo'pol xato hisoblanadi. Agar
WWW.GOV.UZ - Davlat Hokimiyati Portali deb nomlangan bo'lsa unda TO'G'RI bo'ladi deb hisoblayman. Boshqa davlat saytlariga kirib ko'rishingiz mumkin, u yerda to'g'ri ko'satolgan, masalan,
www.gov.ru bilan
www.government.ru, yoki
www.usa.gov saytlarini solishtirib ko'ringlar.
Qisqa qilib aytganda hozir Davlat Hokimiyati Portali bilan Hukumat Portali teng, bir-xil bo'lib qolgan. Hukumatning adresi
www.government.uz bo'lib, Davlat Hokimiyati Portali
www.gov.uz deb nomlansa to'g'ri bo'lsa kerak?!