|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#10 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Kut meni…
Bahorni kutganing misol, Qalbingdan nish urib chiqsin binafsha. Sabrning sovg’asi bo’lganda visol, Tabassum yuzingni etsin nurafshon. Kut meni… qaytaman, o‘zim-la birga, Mehrdan qo’limga olib guldasta. Behudud shukrona aytib taqdirga, Kelaman bildirmay, yoninnga asta… Kut meni… Hech kimga darding so’ylamay, Ko’z yoshing yashirib, jimib, intiqib, Chekkan azoblaring hecham o’ylamay, Parishon sochingdan ro’molcha to’qib… Kut meni, Xijronning tuganmas, uzun, Uyquni quvlagan tunlari ichra… Faqat… nigohingni aylama mahzun, Sovuqda qolmasin nurli istara… Kut meni, Kun qadar – quyoshni kutgan, Daraxt uyg’onishga ko’zin tikkandek… Polapon uchishga azm etgandek… Ko’klam bodom kurtaklarin tukkandek… Kut meni… Sog’inchim yo’limga sochib boryapman, Orziqib, ko’nglimni ochib boryapman, Ming yillik qiynoqdan qochib boryapman, Sabr qanotida uchib boryapman, Bor-budimni olib, ko’chib boryapman, Qalbingga… Kut meni… (с)
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
|