|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Школы Школьные темы |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1 | ||
|
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
![]() |
Emish-ki, ta`lim sohasidagi bir Katta Rahbar maktab rahbarlarini yig`ib bittasiga shunday savol beribdi:
- Nazorat ishlarini bahona qilib darslarni o`tmay qo`ygan bo`lsangizlar kerak a? Maktab rahbari esa odatdagiday to`lqinlanib, to`lib-toshib javob beribdi: - Yo`q, darslarning hammasi to`liq o`tildi, nazorat ishlarini biz hamma darslardan keyin o`tkazdik, o`sha kuni tekshirib natijalarini XTTBga topshirdik, hammasi yaxshi o`tdi. Endi menda bir nechta savol tug`ildi: 1) Maktablarda kuniga 5-7 soat darslar o`tiladi. Eng oxirgi dars 13.55 da tugasa, siz bolalarga bir soat uyiga borib kelish, tushlik qilish va dam olishga bersangiz va 15.00 da bitta nazorat ishini boshlasangiz, u soat 17.00 da tugasa (har bir nazorat ishiga 2 soat belgilangan), yana 30 daqiqa vaqt tanaffus bersangiz-da soat 17.30 da keyingi nazorat ishi boshlansa, u esa 19.30 da tugab bolalar soat 20.00 da uylariga borishadi. Odatda oilalarda soat 18.00 dan 19.00 gacha kechki tanavvul qilinadi, siz shuncha bolaning kun tartibini buzdingiz, bunga haqqingiz bormikan? Soat 20.00 da uyiga kelgan bola ovqatlanadimi, dars qiladimi yoki dam oladimi? Ertasiga yana darsga kelgan bola yana 5-7 soat dars o`qiydi va yana sizning nazorat ishlaringizni kechgacha topshiradi va shu ahvol o`tgan hafta juma kundan beri takrorlanyapti. Hurmatli rahbar xonim buni bola jismonan ko`tara olishiga ishonasizmi? 2) Bolalar-ku 19.30 da uyiga ketarkan, ularning ustozlari esa yuzlab nazorat ishlarini tekshirib, hisoblab, hisobot tuzib bularning hammasini tayyorlagunicha kamida soat 22.30 - 23.00 bo`ladi (aslida shu vaqtgacha ham ulgurib bo`lmaydi). O`sha paytda TXTTB xodimlari ishlashayotganmidi, va o`sha paytda maktab o`qituvchilari shu hisobotlarni olib borishlari uchun mashina tashkil qilinganmidi? Yana, o`qituvchi o`zining belgilangan vaqtidan keyin ham qolib ishlagan. O`zbekiston Mehnat Kodeksiga ko`ra "Xodimni ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilgan rahbar unga kamida ikki barobar ish haqi to`lashi kerak". Shu hamma o`qituvchilarga ularning nazorat ishi olisga qilgan xarajatlarini to`lashdan tashqari Mehnat Kodeksida aytilgan haqni ham to`ladingizmi? 3) O`qituvchilar odatda bir yillik reja tuzishadi va bir yilga tuzilgan ped yuklama bo`yicha oylik olishadi. 227- Prezident Qaroriga ko`ra har bir o`qituvchiga qilgan ishiga alohida pul to`lanishi aytilgan. Rejada bo`lmagan bu ishlarni qanday rasmiylashtirmoqchisiz? Aziz yurtdoshlar Sizlar bunga nima deysizlar? |
||
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
|