|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#10 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yo’q, Hali ketmading dilimdan o’chib, Hamon so’ng so’zlaring qalbimni yoqar. Oylarki huzurdan, oromdan kechib, Sog’inch tomirimda qon bo’lib oqar. Yo’q, Boshqa gullarga boqmadim qiyo, Garchi tikoningdan topdim ozorlar. Achchiq istehzong-la etding dilsiyoh, Hech kimsa menchalik qilmagan zorlar. Yo’q, Endi, hislarim-tuyg’ularim ham, Sening ko’zlaringda bari jo edi. So’zsiz nigohlarim bo’lib jamuljam, Ketma, deb yolvorgan iltijo edi. Yo’q, Diydor ko’rishmoq. Umidim – Mahshar, O’shanda ko’rarman farishta yuzni. Hech bir taft erita olmasga o’xshar, Mening yuragimni qoplagan muzni. Bir marom o’tmoqda fasllar, yillar, Kunlarni sanashdan judayam toldim. Ayro tushganida qo’shaloq yo’llar, Sensiz yashashga ham o’rganib qoldim. (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
|