Bugun bir qiziq voqea bo'ldi. Universitetga bordim. Birinchi navbatda marketingga, 2-qavatga chiqishim kerak edi. Bordim, u yerda men ilgari taniydigan tanishim qabul qilayotgan ekan. Begona emas, bilmaganlarimni so'rab olaman deya unga murojaat qildim. Har doimgidan sovuq va qo'pol muomala qildi. Ahamiyat bermadim. Balki ishi ko'pdir, vaqtini olmay deya telefon raqamini so'rab oldim, yo'l-yo'lakay ketib telefonda so'rab olarman deb o'ylagandim. Fakultetga chiqarkanman, telefon qilsam, endi boshqacha, samimiy ko'rinib, xuddi qadrdonlardek so'rashdi. Keyin shartnoma haqidagi muammo haqida maslahat so'raganimda, negadir telefon o'chib qoldi. Qaytib chiqibman, uzilib qoldi deb o'ylagandim. O'zim tushlikdan so'ng qaytib chiqaman dedi-yu, yana o'chdi telefon. Ertalabki sovuq muomala, keyin bu holat kayfiyatimni tushirib bo'lgandi.. Men kecha yoki kelishimda yo'lda birovni xafa qilib qo'ydimmi deya o'ylanib qoldim. Unda nega bugun kutilmaganda odamni ranjituvchi qo'pollikka yo'liqdim. Forumdagi postlarimni o'yladim, (shu o'rinda kecha yo umuman hamma vaqt kimnidir bilib yo bilmay ranjitgan bo'lsam, o'z o'rnida kechirim so'rayman) kimnidir dilini og'ritdimikan? E'tibor qilmabman, uyga qaytayotganimda esimga tushdi, tanishim bugun kresloda, yangi lavozimda ishlayotgan edi. Oldin oddiy yordamchi edi. Uni amal shunchalik o'zgartirdimi, lekin u hali yosh go'dak-ku, biz qatori-ku... Nahot shu yoshda ham o'zgarib ketsa? Hayronman, ayb kimda? O'zimda ham bor, kimgadir men ham shunday qo'polroq javob bergan bo'lsam kerak deb o'yladim. Lekin bugun shuni angladimki, dilozorlik eng yomon illat ekan..
Lekin hozir tanishimdan xafa emasman, uni kechirdim. Faqat shu ahvolga tushib qolganiga achinyapman. Axir biz insonmiz, insonday yashashimiz kerak. Insof bersin hammamizga ham..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
|