Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.08.2010 14:53   #11  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Yig’lamoq – tavbadir, Yig’lamoq alam, Ko’z yosh – tazarrudan yaralgan chashma. Quvonchmi, shodlikmi, qayg’umi yo g’am, Odam zoti azal yig’iga tashna…
Har bir she'ringizda yangi-yangi ma'nolar bor ekan. Ularni o'qib chiqib xuddi ulkan dengiz oqimiga tushib qolganday bo'ldim. Bu katta daryo o'ziga g'arq qilgudek falsafiy fikrlarga o'ralgan ekan..

She'rlaringiz kitob bo'lganmi? Nega shu paytgacha hech kim e'tibor qilmagan ekan yoki men bilmaganman? Bu she'rlarning ohangi musiqiy, xuddi kuylanayotgan qo'shiqqa o'xshaydi.

Men filolog bo'lsam-da hali qalam yurgizishni bilmayman. G'azal deb qo'yganlarim mutlaqo aruzda emas. Lekin g'azallaringiz ham aruz ohangida juda chiroyli o'qilar ekan.. Balki kelajakda bu kamchiliklarimni to'grilab men ham she'riyatning ulkan ostonasiga bora olsam o'zimni behad mamnun sezardim.

Darhaqiqat she'rlaringiz faqat majozdan iborat emas, ularda tasavvufiy qarashlarni ham ilg'adim. Balki anchasiga tishim o'tmagandir, ammo shuni bilamanki, boshqalar ham bu she'rlardan bahramand bo'lib kitoblaringizni o'qishsa savoblarning yaxshilaridan bo'lardi..

Ijod yo'lingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, samimiyat bilan...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
 

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх