Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.08.2010 23:51   #11  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan

Majlisning some'lari(eshituvchilari) tuban kishi bo'lsa, tuban so'z so'zlamoqdan boshqa chora bo'lmaydi.

Zohirga yukunganlarning qiblasi ayol yuzidir.

Ranglarning asli rangsizlikdir, urushlarning asli yarashishdir.

Suvni dengizdan izlang, quruq soydan emas.

(Rumi)


Har bir libosning o'z sharti bor, agar shu shartlarga muvofiq yurmasang, odamlarga kulgu bo'lasan.

Hayo faqat jamiyat oldida emas, yolg'iz qolganingda ham kerakli narsadir.

Hammaning aybi ham, gunohi ham o'zi bilan. Sen ayb izlovchi bo'lma.

Mukammal bo'lish qiyin va abasdir. Ammo harakat qilish qiyin ish emas.

Ta'na - insonning ojizligidan dalolatdir.

Inson o'zi qanday bo'lsa, boshqalar haqida shunday fikrda yuradi.

Ayol faqat ma'shuqa emas, balki Haqning nuridir. (Rumi)
* * *
Alloh ayolni munislik va nafislik uchun yaratdi. (Rumi)
* * *
Oshiq ishq mamlakatida nima desa desinu, u doim ishqdan so'z ochadi.
* * *
Ayolning behayo bo'lishiga erkakning behayo gaplari sabab bo'ladi. Chunki bu gaplarni eshitaverib ayolning beti qotishi mumkin.
* * *
Kechira olmaslik - baxillik alomatidir (Sa'diy "Guliston va Bo'ston")
* * *
Podshohning joyi - taxti ravon, otning joyi esa oxurdir. (Rumi) (bandasan, urinma, Xudo bo'lishga degan ma'noga yaqin)
* * *
Agar shu qadar taqvoli bo'la olsang, o'zni mazlum qildirishdan ham saqlan.
* * *
U go'zalga o'z ko'zing bilan boqma! Istalganga istaganning ko'zi bilan boq! (Rumi)
* * *
Bilki, bu olam yenggan va yengilgandan iboratdir.

Оффтоп:

Hamma hikmatlarning ham muallifini yozib qo'ymagan ekanman. Sizlardan uzr so'rayman. Bu o'qigan kitoblarimdan menga yoqqan hikmatlar..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.08.2010 в 09:11.
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх