Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 29.07.2010 01:08   #11  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Hasta iymon

Bugun juda g'alati tush ko'ribman. Ikkita to'ladan kelgan tilli burro o'rta yashar hotin ja'g'i-jag'iga tegmasdan, bir olib, biri qo'yib menga huddi bozorda narsa sotayotgandek, "mana shunga ham rozi bo'ling endi," "bunisi ham zo'r" deb yotganmish. Savdo nima haqidaligini uyqumda aniq ilg'amadim, ammo bir olmaning ikki pallasidek bir-biriga o'xshaydigan bu shallaqiroq ayollar menga negadur yoqmadi va o'zimdan o'zim ularga qarab durib "La ilaha illolloh, muhammadun rasulolloh," debman. Ularning yuzi burishib ketdi. Men yana bir marta kalimani qaytarib, "Ahir sen shaytonul la'insanku!" debman.....

Shunda, ikkala ayolning ham odam qiyofasidagi terisi ko'chib tushib, irganch, hasharotga o'xshash ikkita jism qoldi. Men sarosimaga tushib kalima qaytarishda davom etarkanman, ikkala jism bitta bo'lib birlashdi, badbashara, qo'rqinchli mahluqqa aylandi. Men esa "Shaytonul la'in, ahir bu shaytonul lai'n ku!" dermishman. Dahshatga tushganimdan Oyat Al Kursiyni ayta boshladim, qayta-qayta aytaverdim, mahluq g'oyib bo'lib, men esa boshqa joyda paydo bo'libman.

Dahlizga o'xshagan honada ko'rinishidan yaxshi odamlarga o'xshagan 4-5 kishi katta tog'orani ichida yotgan, ko'rinishidan juda ham hasta bir odamni tog'oradan ko'tarmoqchi bo'larmish. U odamlarning birontasini yuzini aniq ko'rmadim, ammo negadur yaxshi ekanliklarini his qildim. Hayron bo'lib yaqinroq bordim, tog'orani ichi aynib ketgan, iflos suvga to'la emish, ichida yotgan (yuzini ko'rmadim) esa "yo'q, yo'q, tegmanglar, og'riydi," dermish, holsiz. Shunda yaxshi odamlar birdan uni dast ko'tarib, tog'orani yoniga yozilgan toza ko'rpachani ustiga olishdi. Unda oyoq-qo'l yo'q edi, faqat bosh va yara va yiring bosib ketgan tana bor emish holos. "Hoy odamlar, nima qilyapsizlar, bu kim (yoki nima dedimmi)," deb baqirib yuboribman, dahshatga tushgan holda. Shunda kimdur "Bu sening iymoning...." dedi.....va men uyg'onib ketdim.....Dahshatdan butun badanim titrardi, terga botib ketgandim, haligi mahluq, yaralangan jism, va "bu sening iymoning" degan so'zlar miyamda quyundek aylanardi.....

Hamma narsani Olloh bilguchiroqdir, lekin mana shunday hasta uymon bilan o'lishdan juda-juda qo'rqaman.....

(c) Ahad Abdurahmonov
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх