Bolalar orasida faoliyat olib borgan inson, ular psixologiyasini, dunyoqarashini yaxshiroq tushunadi va ko'rsatib bera oladi. Gazetadagi bolalar uchun ajratilgan sahifada Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 97- maktab direktori Xudoyberdi Komilovning she'rlarini o'qib qoldim. She'rlar bolalar uchun qiziqarliroq bo'lsa kerak, sababi voqeaband usulda yozilgan.
Bolajonlaringizga o'qib bersangiz balki ularga ham yoqib qolar, muhtaram forumdoshim.
Цитата:
Mazali kitob
Xomush yurar Sichqonoy:
Sichqonchasi semirmas.
Betobmikan, hoynahoy,
Kitoblarni kemirmas.
Ammo kino deganda,
O'zin tomdan otadi.
DVDni divanda
yalab-yulqab yotadi.
Sichqon qilar nasihat:
-Kitob yegin, asalim,
Kitoblar-chi hamma vaqt
Kinosidan mazali.
Kelajakka sayyohat
- Bunday o'ylab qarasam,
Kim bo'laman qarisam,-
Deb suratimni oldim,
Ustidan rasm soldim.
Soqol chizdim yuzimga,
Oynak taqdim ko'zimga.
Chizdim uzun ajinlar,
Bujurlar-u g'ijimlar.
Ozaytirdim sochimni,
Oqartirdim qoshimni.
Yana ishladi kalla,
Kiydi chiroyli salla.
Vaqtni rosa xezlatdim,
Kelajakni tezlatdim.
Yolg'on demang so'zimni,
Ko'rdim unda o'zimni.
- O'sha surat qayerda?
- Anavu kompyuterda.
Xudoyberdi Komilov
|