Ushbu mavzuni Kun mavzusida ham tahlil qilsak bo'lardi, ammo...
uForumdagi mavzularda barcha o'zining shaxsiy fikrlarini bildirishadi. Mavzularda bildirilgan fikrlarni hozirda juda ko'p joyda keng foydalanilayotganidan habaringiz bormi? Masalan, o'qituvchilarimizning ma'ruzalarida, talabalarimizning doklarida (ishonavering bu faktlar asosida) esa nuqta verguligacha oqizmay-tomizmay foydalanilayotganlaridan biz forumchilar g'urulanishimiz kerakmi yoki aksincha?
uForumda quyidagi postlarni o'qib mavzu ochishga qaror qildim:
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov
Ушбу баҳсда фаол иштирок этишган барча форумдошларимнинг танқид ва танбеҳга ҳамда мақтовга бўлган муносабатлари мени ғоят мамнун этмоқда. Яширмайман, улардан келгусида ёзажак ҳикоям учун фойдаланаман!
|
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov
Бирорта дўстим менинг назаримдан четда қолмайди! Барчасининг фикрлари замиридан гўзал маънолар кашф этяпман.
|
Hurmatli shoirimizdan ming bor uzr so'rayman, ammo fikrlar zamirida to'g'ridan-to'g'ri "plagiat" yotmayaptimikin? Talaba Kursdoshlarimda
Nimaga savodsizlashib ketyapmiz? mavzusidagi Ma'sud Maqsudov va Lutfillo Tursunovlarning fikrlarini xuddi yangilik kashf etganday doklad qilishayotganini ko'rib jahlim chiqqan bo'lsa, ustozlarmizning ma'ruzalarida lotin alifbosi kamchiliklari haqida eshitib hayratda qoldim. Talaba qizga "Buni qayerdan olding?" desam "Internetdan" deydi. "Qayeridan olding?" desam "Qanaqadir forum edi shekilli..." deydi. Bu haqida forumdoshlarimning fikrini bilishni istardim.