To`yga otlanoyatganlar uchun.
Toshkent-Buxoro har kuni kechki soat 19:50da jo`naydi. Manzilgacha taxminan 11 soatlik yo`l.
"Sharq" express esa har kuni tonggi 8:15da jo`naydi. Taxminan 7.5 soatda manzilga eltadi.
Buxorocha/Qorako`lcha to`yning o`ziga yaracha udumlari bo`ladi.
Shuni inobatga olib 9-oktyabr, kechki poyezdga yo`lga chiqishni maslahat berardim.
10-oktyabrda soat 9-10 largacha shoshilmasdan bemalol kuyovto`raning xonadonlariga yetib olish mumkin. Yo`l-y`olakay Hazrat Bahouddin Naqshbandiy ustozlari, volidalari va o`zlarining ziyoratgohlarini ziyorat qilish ayni muddao.
Buyog`i Qorako`lcha bazm, to`y.
11-oktyabr esa ko`hna Buxoroi sharif ko`chalari bo`ylab sayohat.
Xuddu shu kuni kechki "temir karvon" bilan ko`hna Shosh tomon yo`lga chiqilsa, Dushanbada hech narsa ko`rmaganday yana ishga chiqaversiz.
__________________
Do`st orttir! Do`st orttir! Do`st orttir! Birlashtir!
|