Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.08.2009 02:10   #16  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Blog uchun tasvir manbaalari va ulardan to‘g’ri*foydalanish


&copy; muha…
Avvalgi maqolada blog o&lsquo;quvchilarini nima jalb qilishi mumkin degan savol bergan edim. Ushbu savolga Adham Kurbanov o&lsquo;z malakalaridan kelib chiqqan holda foto-sur’atlar yaxshi jalb qilishini aytib o&lsquo;tdilar. Agar ushbu mavzuni bevositda blog yuritishga yo&lsquo;llantiradigan va bir oz kengaytiradigan bo&lsquo;lsak, haqiqatdan ham blog maqolalarida mavzuga tegishli tasvirlardan foydalanish o&lsquo;ziga xos muhitni yaratadi. Maqolani mazmun jihatdan boyitadi.
Blog maqolalarida tasvirdan foydalanish mavzusida bir necha maqola chop etilgan, lekin bugungi mavzuda tasvirlarni qayerdan topish mumkinligi va ulardan to&lsquo;g’ri foydalanish haqida gaplashamiz:
1. sxc.hu

Ushbu sayt 2001 yilda tashkil etilgan bo&lsquo;lib, bu saytda hoh ijodkorlar, hoh yosh havaskorlar o&lsquo;zlari yaratgan tasvirlar bilan o&lsquo;zaro almashishlari mumkin. SXC saytidagi tasvirlardan o&lsquo;z blogingizda va boshqa shaxsiy yo&lsquo;llarda bepul foydalanishingiz mumkin. Ayni paytda ushbu saytda 2,500,000dan ortiq ro&lsquo;yxatdan o&lsquo;tgan foydalanuvchi va 400,000dan ortiq tasvirlar mavjud.
2. Flickr

Flickr bu hammaga ma’lum va mashhur tasvirlarni boshqarish va ulashish sayti hisoblanadi. So&lsquo;nggi paytlarda nafaqat tasvir, balki videolarni ham boshqarish va ulashish imkoniyati qo&lsquo;shildi. Lekin, baribir Flickr deganda ko&lsquo;pchilik tasvirlar bilan ishlash saytini ko&lsquo;z oldiga keltiradi. Ushbu saytning bundan avval aytib o&lsquo;tilgan SXCdan farqi, Flickrdagi barcha tasvirlardan ham shaxsiy yo&lsquo;llarda foydalanib bo&lsquo;lmaydi. Albatta o&lsquo;ziga xos qoidalar mavjud. Ma’lum tasvirlardan muallifini ko&lsquo;rsatgan holda bemalol foydalanish mumkin. Bu haqda batafsil to&lsquo;xtalib o&lsquo;tmoqchiman.
Barcha huquqlari himoyalangan(All rights reserved) tasvirlardan muallifning roziligisiz foydalana olmaysiz.
Huquqlari himoyalanmagan tasvirlardan esa turli hil Creative Commons deb nomlangan litsenziyalar asosida foydalanishingiz mumkin. Ushbu litsenziyalarning 6ta turi mavjud. Ushbu litsenziya turlari tasvir qayerda va qanday foydalanishi kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Attribution License
Bu litsenziyaga asoslangan tasvirlarni tahrirlashingiz, o&lsquo;zgartirishingiz, shaxsiy yoki tijorat yo&lsquo;llarida foydalanishingiz mumkin. Birgina sharti muallif profiliga bog’ qoldirish.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-2.0/
Attribution-NoDerivs License
Bunday turdagi tasvirlardan ham muallif profiliga bog&lsquo;ni ko&lsquo;rsatgan holda, hohlagan usulda foydalanishingiz mumkin. Avvalgi litsenziyadan farqi shuki, bu turdagi tasvirlarni tahrirlash ta’qiqlanadi.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nd-2.0/
Attribution-NonCommercial-NoDerivs License
Bu turdagi tasvirlardan ham muallifini ko&lsquo;rsatgan holda, tarkibini o&lsquo;zgartirmasdan bemalol foydalanishingiz mumkin, faqat bir sharti bor — siz tasvir yordamida hech qanday foyda, rag&lsquo;bat ko&lsquo;rmayotgan bo&lsquo;lishingiz kerak. Masalan, onlayn magazinlarda, reklamalar mavjud blog yoki forumlarda va hokazolarda foydalanish ta’qiqlanadi.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nc-nd-2.0/
Attribution-NonCommercial License
Bunday tasvirlarni o&lsquo;zgartira olishingiz mumkin va muallifini ko&lsquo;rsatgan holda foydalanishingiz kerak hamda hech qanday foyda keltirmaydigan bo&lsquo;lishi kerak. Agar foyda oladigan bo&lsquo;lsangiz, boshqa litsenziyalik tasvirlardan foydalanganingiz ma’qul.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nc-2.0/
Attribution-NonCommercial-ShareAlike License
Bu turdagi tasvirlardan notijorat yo&lsquo;lda muallifini ko&lsquo;rsatgan holda foydalanishingiz mumkin. Qo&lsquo;shimcha talab litsenziya sahifasini ham ko&lsquo;rsatib o&lsquo;tish shartidir. Litsenziya sahifasi: http://creativecommons.org/licenses/...sa/2.0/deed.en
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nc-sa-2.0/
Attribution-ShareAlike License
Bu turdagi tasvirlardan hohlagan tarzda foydalanishingiz mumkin, lekin litsenziya sahifasini ko&lsquo;rsatish majburiyati bilan. Litsenziya sahifasi: http://creativecommons.org/licenses/by-sa/2.0/deed.en
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-sa-2.0/
3. Photo Dropper

Yuqoridagi litsenziyalar haqida ma’lumotlardan so&lsquo;ng, bonus sifatida WordPress uchun Photo Dropper deb nomlangan plaginni sizlarga havola etmoqchiman. Ushbu plagin aynan Flickr orqali yuqoridagi litsenziyalarga asoslangan holda tasvirlarni topishga yordam beradi. Topilgan tasvirni bir harakat bilan maqola tarkibiga kiritishingiz mumkin. Tegishli litsenziya shartlari — masalan, tasvir muallifni ko&lsquo;rsatish, o&lsquo;z-o&lsquo;zidan amalga oshiriladi va tasvirning tagiga biriktiriladi. Bu harakatlarning barchasini WordPress boshqaruv panelidan tashqariga chiqmagan holda bajarishingiz mumkin.
Ushbu plagindan foydalanish bilan bog&lsquo;liq muammo yuzaga kelsa, bemalol menga yordam uchun murojaat etishingiz mumkin.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх