Ushbu bo'limda
Erkin va Ochiq Kodli Dasturiy Ta'minotlarni o'zbek tiliga va O'zbekiston sharoitlariga mahalliylashtirish borasida muhokamalar olib boramiz. Bahslarda o'zbek tilida qatnashish taklif qilinadi lekin bu xabarlarni faqat o'zbek tilida yozish shart qilib belgilangan degani emas.
Bu sohadagi ko'pgina muammolarni FLOSS-UZ-L10 bo'limidagi bahslarda birgalikda hal qilamiz va uning rivojida kam yoki ko'p o'z hissamizni qo'shamiz deb umid qilaman. Zero, haqiqat bahslarda tug'iladi...
Hurmat bilan,
Behzod Saidov.
PS.:
FLOSS - Free/Libre Open Source Software degani.
l10n esa inglizcha "localization" so'zining dasturchilar o'rtasida ommalashgan qisqartirilishi.