|
Assalomu alaykum.
Hurmatli forum a'zolari, orangizda filolog, jurnalistlar yoki Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘qituvchilar bo‘lishi tabiiy. Alifbomiz haqidagi quyidagi iltimosimga diqqat qaratsangiz:
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi hozirgi o‘zbek internet saytlarining asosi bo‘lib boryapti. Shundan kelib chiqqan holda, lotin alifbosi qoidalari bo‘yicha ma'lumotlar izladim. Ko‘pchilik kitoblarda imlo qoidalari berilgan-ku, lekin kirill alifbosidagi so‘zlarni lotin alifbosida qanday yozilishi haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Harfma-harf o‘tkazish muammo emas, ammo so‘zlarning o‘zgarishi, masalan, «бюро» so‘zi «buro» kabi yozilishi, «ц» harfining «s», «ts» bilan ifodalanishi kabi o‘ziga xos xususiyatlar men topgan adabiyotlarda keltirilmagan.
Sizlardan iltimos, yuqoridagi o‘ziga xosliklar to‘liq bayon qilingan biror kitob yoki maqolani tavsiya qila olasizmi? Balki, shulardan boxabar odam bilan bevosita bog‘lanarmiz?..
Hurmat bilan.
|