Birgina misol, "Do'ppi " so'zini berib unga 3 daqiqa ichida uch guruhdagi o'quvchiga qatra yozish vazifasi berildi.
Har bir guruh a'zosi o'ziga xos va mos tarzda qatra(badiiy lavha) yozishdi. Esda qolgan qatra:
Цитата:
|
....Do'ppi-o'zbekning boshiga kiydirilgan tojdir...
|
Tadbirlar yana davom etmoqda.
Ertaga ham Toshkent islom universitetida "Ona tili-millatning ruhi" mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo'ladi. Ko'rishni xohlovchilarni ertaga - 2008-yil, 22- oktabr soat 13-30 da Toshkent islom universitetining ikkinchi majlislar zaliga taklif qilamiz. Tadbirda o'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi , shoir Abdulla Oripov, O'zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy, tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etishadi. Shungdek, talabalarning til va adabiyot haqidagi tayyorlagan badiiy ko'rinishlari namoyish etiladi.