Цитата:
Сообщение от Jahongir
Keyin oliy o`quv yurtlariga kirish imtixonlarini test ko`rinishda emas balki yozma ravishda o`tqazishsa yaxshi bo`lar edi. Bu oliy o`quv yurtlariga tassodifiy(tavakkal) kiruvchilar sonini keswkin kamaytirgan bo`lar edi deb xisoblayman.
|
Fikringizga qo'shilaman. Chunki oramizda o'ziga ishonmasdan tavakkal qilib o'qishga topshiruvchilar ko'payib bormoqda. Tasavvur qiling bola 108 ta testni "ko'zini yumib" belgilab chiqsayu institutga o'qishga qabul qilinsa. Agar o'sha boladan yozma ravishda imtixon olinsa necha satr yoza olar ekan-a.

Birinchi navbatda o'sha kasbga loyiq yoshlarni tanlab olish lozim.
Олий таълим тизимини қандай ривожлантириш мумкин?
Ўзбек Олий таълим тизими ҳақида гап кетганда ҳар доим ҳам ижобий фикрларни олмаймиз. Бугун, айниқса имтихону зачетлар вақтида ўқитувчиларнинг таъмагирлиги ёки қишки мавсумда хоналар кўчадагидан ҳам совуқлиги, иситиш тизимлариннинг ишламаслиги, дарсда фойдаланиш учун янги технологиялару дарсликларнинг етишмаслиги.(бу каби муаммоларни кўплигидан санашга ҳам одам эринар экан
)... каби муаммоларни бироз бўлсада камайтириш учун нималар қилиниши керак? Сиз қандай таклиф берасиз?
Bu juda keng qamrovli masala. Gap o'qishga sharoitni yo'qligida emas o'qishni istagan odam sharoitni o'zi yaratib olishi mumkin. Bu masalalarning aksari moddiy mablag'ga borib taqaladi va yana bundan tashqari qonunlarni amalda ko'rinmayotgaligidadir balki.