Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.05.2008 16:28   #1  
Аватар для Ergash Abdiev
Оффлайн
Angor TXTB
metodist
Сообщений: 1
+ 0  1/1
– 0  0/0

Uzbekistan
ZiyoNET va men...

Assalomu alaykum, hurmatli forumdoshlar!
Men Surxondaro viloyati Angor tumani xalq ta`limi bo`limida metodist bo`lib ishlayman. Mana qariyib 25 yildan buyon tuman xalq ta'limi bo'limida ishlayman, ta`lim tizimining pastu-balandliklari menga qorong`u emas. Ta`lim sohasini uncha-muncha tushunaman degan xulosa hukmron edi menda, har holda bu xulosa oz emas, ko`p emas 38 yillik turli joylardagi mehnat orqasidan ortirilgan.
Lekin... Bugun globallashuv, AKT ning keskin rivojlanishi va shunga o`xshash yana bir qator ijtimoiy o`zgarishlar jamiyat qiyofasini butkul o`zgartirib yubormoqda, va tezkorlik zamin bilan hamnafas bo`lish hayotiy zaruriy maslakka aylanib ulgurgan.
Mana 2 kundir-ki men mamlakatdagi yagona ZiyoNET tarmog`ining Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi bo`limida bo`ldim. Ko`rdim, tanishdim, xodimlar ezgu maqsadni o`z oldilariga qo`yishgan va bu yo`lda mehnat qilishmoqda. Men o`zim uchun yangi imkoniyatlar olamini kashf etdim.
Komputerni faqat yozuv mashinasi, Internetni esa elektron pochta deb biladiganlar oz emas.
Ba`zan makatab o`quvchilarining komputer kasaliga chalinishlarini, uzzu-kun uning yonida mukkasida tushib o`tirishlarini eshitsam unchalik e`tibor bermasdim. Men buni inson omili bilan bog'lar edim, masalaning yechimini individual ta`sir etish vositasi tarbiya jarayonining sustligida deb bilar edim.
Xullas xozirgi global axborot tizimidan bebahra qolmay desangiz ZiyoNet bilan hamkorlik oiling.

Savolim shuki, ZiyoNET bo'yicha har bir tumanda pedagoglarga batafsil tushuntirish beradigan seminarlar tashkil etish mumkinmi? Bu ayni kunda juda zarur deb o'ylayman!!!
Ответить 
"+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх