Reklamalarning uslubi va tasvirga olinish jihatlaridagi kamchiliklar haqida juda ko'p gapirish mumkin. Chunki bizda reklama tayyorlashda professional mutahassislar kam. Odatda chet el reklama roliklarini tayyorlaydigan kompaniyalar g'oya mualliflari degan alohida shtat ajratishadi. Bizda esa reklama rolikining muharriri ham, muallifi ham, kerak bo'lsa rejisseri ham bitta odam bo'ladi.Bu albatta mablag' masalasiga borib taqaladi.
Endi televideniyeda beriladigan reklamalarga kelsak, bir qator ijobiy jihatlarni ko'ramiz:
- Inson ekranga 15 minutdan ortiq diqqatini uzmay qarab turishi ko'z va asab tizimlariga salbiy ta'sir korsatadi. Demak reklama qo'yilishi bu yerda foyda. Yani siz bir oz bo'lsada undan nigohingizni uzib turasiz. Lekin bizda shu reklama vaqtida ham televizorga qarab ko'z uzmay o'tirishadi.
- Uzoq vaqt ketma ket axborot beriladigan holatlarda Inson 75 foiz axborotni qayta tahlil qila olmaydi. Bu qabul qilingan informatsiyaning keraklilik darajasini kamaytiradi. Demak, juda ko'p ma'lumotlarni o'z ichiga olgan Tahliliy ko'rsatuvlar oldiga qo'ygan asosiy maqsadini amalga oshirishi uchun ham reklama kerak. Yani inson miyasining keyingi informatsiya uchun birlamchi muhitni bo'shatishiga.
- Telekanalning ko'rsatuvlarini sifati albatta moliyaviy ahvolga ham bog'liq. bizda televideniye bepul beriladi. Demak uning moliyaviy manbasi avvalo reklamaga bog'liq. Albatta davlat kanallari byudjet mablag'lar asosida moliyallashtiriladi. Lekin bu mablag' ijodiy personalni rag'batlantirishga emas balki texnik qo'llab quvvatlashga ko'proq sarflanadi. Demak, rag'bat aynan reklamadan tushgan puldan.
Butun jahonda reklamaning orqasidan qancha foyda ko'rilatyotgan bir vaqtda bizda inkor etilishi aqlga to'g'ri kelmaydi. Faqat reklamaning sifatini oshirish kerak.
__________________
Siempre tengo razon:smile:
|