Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi?
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. 9 8.26%
Ba'zan-ba'zan borib turaman. 64 58.72%
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. 21 19.27%
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. 15 13.76%
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе

 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 22.05.2008 14:44   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Mavzuni ochishdan ham asosiy maqsad, teatrga bora olmasligingizni sababini ko'rsatish emas, qaysi spektaklni ko'rishni yoqtirasiz va qaysi lavhalar sizning yodingizda qolganligini yozib qoldirgan fikringizni bilishdan iborat edi.
E'tiboringizga dramaturg Usmon Azim va rejissyor Valijon Umarovlar sahnalashtirgan "Kunduzsiz kechalar" spektaklidan foto lavhalarni namoyish qilmoqchiman.
Spektaklda har bir aktyor o'z rolini mohirona ijro etganligi uchun ham spektakl ancha paytgacha kishining yodida qoladi.
Spektaklda Cho'lponning Toshkentdagi hayoti, ijodkorlar bilan suhbati, tuhmatga uchrashi, sevgilisi Solihani zamona zo'ravonlari iskanjasidan omon saqlab qolish yo'lidagi urinishlari, qatag'onga uchrab, azob-uqubatlarga duchor bo'lishi o'z aksini topgan.



Voqealar nuray boshlagan madrasalar ichida ko'rsatiladi. Sahna o'rtasidagi quriy boshlagan daraxtda ham ramziy ma'no bor.. Makon o'zgarmasa-da, sahnalashtiruvchi rejissyor Valijon Umarov va rassom Baxtiyor To'rayev musiqa, chiroqlardan ustalik bilan foydalangan holda voqealar kech kuzda, turli joylarda bo'lib o'tayotganiga ishontiradi. Osmonda xira yulduzlar bag'rida bir yulduz alohida porlaydi. Bu - Cho'lpon yulduzi. Go'yoki,

Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim , do'stlar,
Quyoshning yorug'iga toqat qilolmay yerga botdim-ku,

deyayotgandek.



Spektaklda Cho'lpon hayotining noxush va tashvishli voqealarga boy so'nggi damlari aks ettirilgan. Voqealar tobora shiddatli tus olib boradi. Aktyor Muhammadali Abduqunduzov Cho'lponning mana shu shiddatkor hayot charxpalagida o'zligini yo'qotmagan, hamisha to'g'riso'z, haqiqatgo'y, axiri bir kun adolat va haqiqat qaror topishiga astoyidil ishongan, sho'ro iskanjasi qanchalik azob bermasin, bukilmagan, sinmagan, o'z ideallari va orzularida sobit qolgan inson sifatida gavdalantiradi.



Cho'lpon- Muhammadali Abduqunduzovning ko'z o'ngida ro'y berayotgan adolatsizlik, zulm, sotqinlikdan junbushga kelgan paytlarda tilidan quyma misralar oqib kelaveradi. Bu shunchaki oddiy she'rlar emas, balki sahnada kechayotgan voqealarga hamohang, ularni to'ldiruvchi, izohlovchi qalb iztiroblaridir.

Shu jihatdan, ayniqsa Soliha(Cho'lponning rafiqasi) - Shohida Ismoilova bilan uchrashuv sahnasi e'tiborlidir.



Bundan tashqari, Oybek- Fathulla Mas'udov; manqurt , sotqin obrazlarini yaratgan - Tohir Saidov; Botu - Mehriddin Rahmatov; Galdir - Farhod Abdullayev, Fayzulla Xo'jayev - Hojiakbar Komilov, Cho'lpon - Mahmud Ismoilovlarning yaratgan obrazlari ancha ishonarli chiqqan va tomoshabinga ta'sir qilmay qolmaydi.




Rasmlarni taqdim etgani uchun Qizaloqqa o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Ответить 
2 "+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх