Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.05.2008 09:17   #201  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Og'ir ekan,
Yomon ekan,
Bekor ekan unutmoq...
Mening qaqroq cho'llarimda
Omonmisan, unut bog'?
Sen o'lmagin,
Gulla,
ko'kar,
O'ylarimda shovulla.
Shabbodalar senga bo'lsin,
Yetolmasin dovullar.
Shunday qiyg'och urib gulla,
Tara shunday atirlar -
Ko'zlarini uzolmasin
Ko'ngli gulday botirlar.
Seni sira tark etmasin
Bahorlarning shafaqi.
Bulutlarning himmati-yu
Ariqlarning rahmati.
Bo'ylaringga kapalaklar
Qanotlarin chulg'atsin.
Qarg'alarmas, sha'n bulbullar
Tongda seni uyg'otsin.
Meni bo'lsa...
Meni unut,
Unut, yam-yashil erkam!...
Tegramda bir sahro qurdim -
O'tolmayman o'zim ham.

Usmon Azim
Ответить 
Старый 01.05.2008 10:37   #202  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Мени “бевафо” деб,
Айблама, гулим,
“Меҳрингиз қаттиқ”,-деб
Солма юзимга.
Тошга қиёслама
Тирик вужудим,
Тўр солма
Ҳар куни босган изимга.

Ширин ўйларингни
Қилма дастурхон,
Бу таом туюлар
Мисоли заққум.
Кўзларингга қараб
Эзилади жон,
Сен-ла қололмайман.
Йўқ бунга ҳаққим!

Виждоним йўл қўймас,
Қалбим қийналар.
Дардим қанчалигин
Билмайсан, гулим.
Пичоқсиз сўйилар,
Тиғсиз тирналар,
Ипсиз осилади
Нотавон дилим.

Бўлди.
Кетаяпман.
Умидингни уз!
Бир нарса тўсиқдир
Пок ниятингга:
Кўксимда илк севгим
Яшайди ҳануз.
Мен лойиқ эмасман
Муҳаббатингга.


Firdavs
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 01.05.2008 10:38   #203  
Real ID Group
Аватар для Akhmad Kodirov
Оффлайн
"Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18  23/14
– 0  0/0

Uzbekistan
Ayt, mendan ne istar bu odam,
Tikilar, sinarmi irodam?..
Tikilar bir yomon, bir yomon,
Men seni sevaman, sevaman!..

Meni yov etmish bor mardum-la,
Labimdan uchmagan bir jumla.
Endi kech, endi ne qilaman,
Men seni sevaman, sevaman!..

Muhammad Yusuf

Последний раз редактировалось Akhmad Kodirov; 01.05.2008 в 10:43.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 02.05.2008 08:25   #204  
Аватар для olimbek
Оффлайн
Тошкент Давлат юридик институти
Булим бошлиги
Сообщений: 196
+ 27  80/56
– 0  1/1

UzbekistanОтправить сообщение для olimbek с помощью ICQ
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Tag`in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...

So`ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki
Qo`lingdan ham tutmadim.

Qo`ling... sening qo`llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo`llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Kel, ko`rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
Ответить 
Старый 02.05.2008 11:51   #205  
Аватар для Sanjarbek Rizoqulov
Оффлайн
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22  30/23
– 0  0/0

Uzbekistan
Garchi o’rtamizda sog’inchu hijron,
Garchi visol yo’li vayrondir, vayron,
Ammo azobingiz ko’ksimda har on –
Muqaddas olovday qoldi, yorijon,
Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon.
Ответить 
Старый 03.05.2008 07:40   #206  
Open ID Group
Аватар для Sulhiya Gaziyeva
Оффлайн
TDShI, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti fakulteti
talaba
Сообщений: 37
+ 31  36/23
– 0  0/0

Uzbekistan
Necha yilki yo’lingizga zor-zor bo’ldim, sultonim,
Gulzor edim, yetolmayin ozor bo’ldim, sultonim.

Ko’z yoshlarim seldek oqdi, qarog’larim ko’mildi,
G’amu hijron lahad bo’ldi, mozor bo’ldim, sultonim.

Ko’kda mag’rur oyu quyosh, men zaminda sadpora,
Vasl uyiga yetolmadim, osor bo’ldim, sultonim.

Yo’lingizda shirin jonni fido qilmoq niyatim,
Umidlarim sarob o’ldi, afgor bo’ldim, sultonim.

Poyimga tiz cho’kmish bukun buyuk tog’lar, Hisorlar,
Nahot sizga nasib etmas bozor bo’ldim, sultonim.

Bunchalar ham shijoatsiz, hadsiz bo’lurmi odam?
Nazdingizda men Ra’nomas, bird or bo’ldim, sultonim…


Ra'no Yarasheva
Ответить 
Старый 03.05.2008 07:48   #207  
Аватар для olimbek
Оффлайн
Тошкент Давлат юридик институти
Булим бошлиги
Сообщений: 196
+ 27  80/56
– 0  1/1

UzbekistanОтправить сообщение для olimbek с помощью ICQ
Май ичсанг оқили доно билан ич,
Ёки гул юзли зебо билан ич.
Оз-оз ич, гоҳ- гоҳ ич, яширин ич,
Эзма расво бўлма, ҳаё билан ич.
Ответить 
Старый 03.05.2008 11:58   #208  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu,
Xasta ko'nglim chemagan dardu balosi qoldimu?

Meni xor ettiyu qildi muddaiyg'a parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?

Meni eturdi jafo u jabr ila ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehri vafosi qoldimu?

O'shiq o'lg'och ko'rdim o'limni o'zimga , ey rafiq,
O'zga ko'nglimni bu olamda harosi qoldimu?

Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istab qilma ayb,
Tengri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?

Zahiriddin Muhammad Bobur
Ответить 
Старый 03.05.2008 13:04   #209  
Real ID Group
Аватар для Mamurjon Jaloliddinov
Оффлайн
Сообщений: 23
+ 0  5/5
– 0  0/0

Uzbekistan
Umr — qumsoat ham
yarimlab qoldi,
ko`nglim to`lgani yo`q bilganlarimdan.
Yodimni og`ritar kechirganlarim,
ko`pdir qilmaganim qilganlarimdan.
Kechalar tobora oydinlashadi,
ko`zingda quyoshning chechagi so`lmas,
yashaging keladi,
faqat umrni
qumsoat singari to`nkarib bo`lmas.
Go`zallar yodimdan o`chdilar bir-bir,
do`stlarim bag`rimdan ko`chdilar bir-bir,
yillarim uzlib tushdilar bir-bir,
faqat bu ko`ngilni
to`ldirib bo`lmas.
Kun keldi,
ohlaring uchadigan kun,
yuraging olamga sig`maydigan kun,
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Kimni baxtli qildim,
kimni umidvor,
kimlarga ko`nglimni yorib so`yladim.
Qo`limni berdimmi moziy qa'ridan
cho`zilgan sanoqsiz ojiz qo`llarga?!
Quyosh daldasida egilganlarning
yengilroq qildimmi og`irligini?
Aytdimmi kimlarning asl do`stligin,
kimlarning haqiqiy yog`iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o`zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to`lmagan
bir ko`ngil qoladi
qolsa ham mendan.

Shavkat Rahmon
Ответить 
Старый 07.05.2008 07:48   #210  
Open ID Group
Аватар для Sulhiya Gaziyeva
Оффлайн
TDShI, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti fakulteti
talaba
Сообщений: 37
+ 31  36/23
– 0  0/0

Uzbekistan
Nahot meni hiyla, nayrang asiri deb o'ylading,
Orzu, tilak o'tkinchi deb,armon bilan siylading.
Qalbim toptab,vayron etib,nega meni qiynading,
Ketgin endi yuragimdan ortiq senga zormasman.
Sen tomonga yo'lim tushmas,yalinsangam bormasman.

Bo'ldi yetar ortga qaytma,qoldirgin meni yolg'iz,
Sevgisidan judo bo'lgan men yuzlari qaro qiz.
Sevgingni ham olib ketgin yuragimda qolmasin iz
Ketgin endi,bo'ldi yetar,ortiq seni sevmasman.
Yo'llarimdan chiqib qolsang also senga boqmasman.

Balki mening muhabbatim sening uchun o'yindir,
Ammo bilsang bevafolik mening uchun o'limdir.
Suymasamda taqdir meni o'zga yorga uzatsin,
O'zga uyga yangalarim,yor-yor aytib kuzatsin.
O'shanda ham suratingni ko'zlarimga surtaman.
Bu dunyodan seni o'ylab va seni deb o'taman…

Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх