|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Колледжи и лицеи Средне-специальное образование |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#21 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Хакикий укийман деган укувчига аслида репетитор керак эмас. Хамма дарсликлар мухайё булса, тестлар туплмами булса, мустакил равишда тайёрланиш мумкин-ку.... Мен укитувчиларим хизматини ерга урмокчи эмасман. Аммо, олий укув юртига тайёрланган кезларимиз "Ахборотнома" тестларини мустакил ечардик ва жавобларни излардик.
Албатта, синфдошлар билан биргаликда. Агар-ки, синфдаги укувчиларнинг колганларида билим олишга кизикиш булмаса, у холда албатта бирон хамкорга - балки, репетиторга эхтиёж сезилса керак. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#22 |
![]()
Сообщений: 1,829
+ 814
1,598/765
– 60
19/16
![]() |
Мани фикримча репетиторга пул тўлаб ўқигандан кейин ҳар бир тайёрланаётган ўқувчи масъулятни тўғри баҳолайди деб ўйлайман. Устига-устак репетитор бекорга репетиторлик қилмайди, чунки унда ўша юқорида таъкидлаганингиздек ҳамма дарсликлару-қўлланмалар бўлади. Ўқувчи шу нарсаларга муҳтожлиги ва керакли материалларни тополмаганлиги сабаб, ўзига керакли фанларни чуқурроқ ўрганиш мақсадида ёнласа керак манимча. Лекин буни ёмон тарафи бўлмаса керак.
|
|
Ответить |
![]() |
#23 |
Mustaqil ravishda tayyorlanish uchun unda bilim bazasi yetarli bo'lmasachi? Litsey va kollejlarda dars berayotgan o'qituvchilar O'quvchining talabini to'liq qondira olmagandan keyin, bechora o'quvchi repetitor qidirishga, pul to'lab shug'ullanishga majbur bo'ladi. Vaholanki, litseylarda dars berayotgan o'qituvchilar 90 minut darslari uchun pul oladilar, lekin, o'quvchi xohlaganchalik bilim bera olmaydilar. To'g'ri o'quvchi mustaqil shug'ullanishi mumkin. lekin, buni iqtidorli bolalargina uddalay oladilar. . lekin, gap shundaki xususiy ta'limga hammaning ham qurbi yetavermaydi. Repetitorlikka barham berish uchun esa maktab, litsey, kollejlarda o'qitish saviyasi oshirilishi kerak. mas'uliyatni faqat o'quvchi his qilsa, biror narsaga erishilishi qiyin . Qars ikki qo'ldan chiqadi.
|
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#24 |
Albatta, o'quvchilarning repetitor yollashlari, litsey, kollejlarda o'qisalarda, pul to'lab bo'lsa ham xuusiy ta'limga ehtiyoj sezayotganlarida o'qituvchilarimizni ayblash noo'rindir. Tan olamizki, o'zini bilim berishga bag'ishlagan , juda kuchli o'qituvchilarimiz bor litseylarda. Lekin ular qanchalik yaxshi dars o'tsalar ham , dars vaqtida kamida 20-25 o'quvchi bilan ishlashlariga to'g'ri keladi. Har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanishning imkoni yo'q. Bir guruhda o'qiydigan o'quvchilarning esa bilm darajalari, qobiliyatlari bir xil emas. O'z-o'zidan o'quvchilarda faqat o'zi bilan shug'ullanishi imkoni bo'lgan repetitor izlash ehtiyoji tug'iladi.
|
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#25 |
![]() |
Хозирда коллеж лицейларда ёки мактабларда фаолият олиб борадиган ўқитувчилар дарсдан ташқари ўқувчиларга мактаб ёки коллежни ўзида қўшимча дарс таклиф қилишяпти, қўшимча дарсга қатнаган ўқувчилар албатта пул тўлаб ўқийдилар,ҳозирда бундай ҳоллар жуда кўп бўляпти репититорликка қатнаган ўқувчига сессиясига ёки чорак баҳосини автомат аъло баҳо қўйиб беради, бундай ишдан кейин қолган қўшимча дарсга қатнамайдиган ўқувчиларда бошқача фикрда бўладилар. Бундай воқеалар бўлмаслигини ўқитувчилардан сўраган бўлар эдим. Сабаби бундай ходисага дўстларим билан дуч келганмиз.
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#26 |
Qorako'l 1-IBMI
Direktor o'rinbosari
Сообщений: 14
+ 1
6/5
– 0
0/0
![]() |
Shaxsan men repetitorman. Mavzuni o'qib ensam qotdi. Repetitorlikni nimasi yomon? Men ham ona-tili va adabiyoti fanidan o'quvchilarga qo'shimcha pullik mashg'ulotlar o'taman. Hech qachon aniq narx aytmayman ota-onalarga. Ko'ngillaridan chiqarib berishadi.
Ayni paytda 50 dan oshiq o'quvchilar saboq olishga uyimga kelishadi. Ammo, o'zim sinf rahbarlik qilayotgan sinfim o'quvchilarini darsdan keyin uyimga kelib tayyorlanishlari uchun hech qachon pul olmayman. Chunki, ularning oliygohga kirishlari uchun o'zlari bilan bir qatorda men ham maktab-internatimiz rahbariyati oldida javobgardirman. |
|
Ответить |
![]() |
#27 |
akademicheskiy litsey pri Tashkentskom islamskom Universitete
student
Сообщений: 9
+ 37
11/6
– 0
0/0
![]() |
Mening fikrimcha, hozirda o'quvchilar repititorga muxtoj. Chunki hozirda litseylarda berilayotgan ta'lim o'quvchilarni qoniqtirmaydi. Bu qoniqishni esa o'quvchilar repititordan oladi. Men o'zim ham repititorga qatnayman. O'qishda , darslarda olgan bilimimdan ko'ra repititordan olgan bilimlarim ko'proq. O'ylab ko'rsam bir yil oldin repititorga qatnashishni boshlamaganimda ingliz tilini hozirgiday yaxshi bilmas edim. Xulosa qilib aytsam, repititorga borishga imkoniyati bor odam repititorga borgani ma'qul. Menimcha-bu zamon talabi.
|
|
Ответить |
![]() |
#28 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Assalamu alaykum
Har qanday faoliyatning kelib ciqishiga nimadir sabab bo'ladi... bu tabiiy... Masalan, repetitorlikning kelib chiqishiga asosoiy sabab (IMHO), maktablarda yetarlicha bilim berilmayotganligidandir.. Bunga sabab esa, bilim beruvchi o'qituvchilarning o'zlari yetarlicha bilimga ega emasliklar... Paradoks... Demak, yuqoridagi muammoga asosiy sabab respublikadagi ta'lim tizimining ma'lum darajada oqsayotgani, bunga qaramasdan esa, yil sayin oliy o'quv yurtlariga kirish uchun qo'yildigan talablarning ortib borayotganligidir... Agar 15 yil oldingi o'qish tizimiga hozir ham amal qilingnida, hech qanday repetitorlarning keragi yo'q edi... Yaqinda viloyatlarimizdagi bir maktabga bordim... qarang, 7-8 sing o'quvchisi oddiy karra jadvalini aytib berishga qiynalayapti(!)... bu nimadan darak? Bu - yoshlarimizning bilim saviyasi pasayib borayotganlgining belgisi emasmi?... Ma'lum ma'noda repetitor ham kerak..lekin, to'laligicha ularga suyanishimiz kerakmikin?... 3 ta (yoki 4 ta) fanni yahshi o'qigni bilan , qolgan fanlarni o'zlashtirish 0 bo'lsa, bunday yoshdan 20 yil nimani kutish mumkin????... Xususiy ta'limni rivojlantirish, balki kerakdir...lekin bu bilan butun respublikani o'qitib bo'lmaydi-ku?... Undan ko'ra, umumta'lim maktablaridagi ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratishning vaqti yetmadimikin?... Masalaning boshqa tomoniga e'tiboringizni qaratmoqchiman: Qarang, maktablarda o'qituvchilar ba'zi o'quvchilar undan qo'shimcha dars olishlari uchun, ATAYLAB darsni to'liq otmayotgan, yoki qo'shimcha tushuntirmayotgan ekan (Buni shaxsan o'quvchilar bilan gaplashib ko'rib, shunga ko'ra yozayapman)... Buni nima deb atash mumkin???... Fidoiy o'qituvchi nomini endi qizil kitobga kiritishimiz kerakmi? Aytishingiz mumkin, bu masalaning pirovardi moddiylikka borib taqaladi, deb... lekin, bu degani, maktablardagi bolalarni savodsiz qoldirish degani emas-ku?...Endi repetitorga puli yo'q bolalar savodsiz qolib ketaveradimi?... alhamdilullah, o'qituvchilar maoshi unchalik ham past emas (boshqa kasbdagilarga qaraganda)... Faqat hammamizda ozgina vatanparvarlik ruhi yetishmaydi... Mana sabab qayerda...!!! O'quv yili boshida poytaxtimizning oliy o'quv yurtlaridan birida dars berishni taklif qilishdi... bunga imkoniyatim hozircha yo'qroq bo'lishiga qaramasdan, darsni tahlil qilish uchun kirdim... Va...2-kurs talabalarning bilim darajasini ko'rib yoqa ushladim... yoslarimiz bilim saviyasi pasayib ketayapti... Badiiy adabiyotni faqat o'qishga kirish uchungina (!) o'qilayapti... Kitob o'qish, hozirgi yoshlarning fikricha, "modada emas"mish... (davomi bor) |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#29 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Xo'sh, imkoniyati yo'qlar nima qiladi??? Savodsiz qolib ketaveradimi?... Undan ko'ra maktabda, litseyda yo kollejda yahshiroq ta'lim olish kerak emasmidikin???... Kechirasiz, singlim, gaplarim qattiqroq chiqayotgani uchun... lekin, umuman olib qaradigan bo'lsak, Siz faqatgina 3 ta (yoki 4 ta) fandan borayotgandirsiz repetitorga, shundaymi?...Qolgan fanlarni o'zlashtirish masalasini qanday hal qilmoqdasiz, sir bo'lmasa?... Aytishingiz mumkin, "menga keraksiz fanlarni nima qilaman o'qib?" - deb... Lekin, inson mukammal bilimga ega bo'lishi uchun barcha fanlardan asos bilimga ega bo'lishlari lozim emasmi?... |
|
|
Ответить |
![]() |
#30 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Siz masalaga faqat bir tomondan qarayapsiz, birodar (Ya'ni repetitor nuqtai nazaridan)... Ota-ona yoki ish beruvchi nuqtai nazaridan ham yondashib ko'ring-da, boshqa xulosaga kelasiz... Alloh rozi bo'lsin Sizdan, sinfingizdagi o'quvchilarni bepul, chinn dildan o'qitayotgan ekansiz...Lekin hamma o'qituvchilar ham shunday munosabatdami bunga, nima deb o'ylaysiz?... |
|
|
Ответить |
|