Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 10.01.2012 10:14   #141  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Otabek qo’shig’i

Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u, men ham dilshod emasman.

Boshga neki tushsa, ko’kdan atalmish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go’shada sen xomushsan, men xomush,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.

Biz bir dinda muridlar ikki pirga,
Yo’latmasman seni men bilgan sirga.
Biz na do’stmiz, biz na g’anim bir-birga,
Sen jayron-u, men ham sayyod emasman.

Senga qo’ysin suymaganni suyishni,
Shunday yashash, aytgil, konglingga xushmi?
Seni quchib sog’inaman Kumushni,
Jon omoni o’zim hayot emasman.

Ey gul, suyib ne topding men yomondan,
Bekman, senga yor tilayman sultondan.
Ko’z uzmasman men Marg’ilon tomondan,
Senga ket ham, senga qol ham demasman.

Sen Shirin-u, men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u, men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab menga aytma zoringni,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 10.01.2012 10:23   #142  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Kumushbibi nolasi

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.

Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Bag'ri gul, bag'ri otash Kumushh demang,
Ko'zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Bir ko'ray, Zaynab bilan qoling, begim.

Sig'madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga.
Yordan ayrildim qaro yer bag'riga
Jo bo'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sen nechun to'lg'onasan kuygan ko'ngil,
Otabekni jonidan suygan ko'ngil.
Yashnagaymi bir quchoqda ikki gul -
Men so'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido.
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido!
Men o'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim!

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 10.01.2012 10:40   #143  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Iymon qo'shig'i

Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savobu gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar.

Noming tutgan tuzing totmay ketmasin,
Uyingga har kuni yostiq yetmasin.
To'rtta mayizingni qush ham yeb ketar,
Uying chetlab odam zoti o'tmasin.
Berk saroymas, ochiq ayvon qutqarar,
Mezbonni bir kuni mehmon qutqarar.

Xor qilib o'ynama har kimsa boshin,
Yigit g'aribi-yu qizning yuvoshin.
Ko'shkingni ko'z-ko'zlab, zaringdan so'zlab,
Mustarin ko'zidan oqizma yoshin.
Kimda-ketar husn, kim xush bo'y tarar,
Lolani xokisor rayhon qutqarar.

Botinda boshqayu zohir bo'laksan,
Avval boshqa eding, oxir bo'laksan.
Ko'ngil ko'chasida, ko'ngil ko'yida,
Kelgan izga qaytib borar yo'laksan.
Bunda har kim o'zi qul - jon qutqarar,
Na shoh, na hakimi Luqmon qutqarar.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 10.02.2012 22:31   #144  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Dunyo

Menga boqib miyig’ida kulgan dunyo,
Meni tuproq, o’zni osmon bilgan dunyo.
Seni momom cho’miltirgan yuvib-tarab,
Seni bobom tetaboya qilgan dunyo!...

Ey, o’tmishdan o’tgan kunin so’ramagan,
O’zbek borsa kim qo’liga qaramagan?
Botirlari qul bo’lishga yaramagan,
Suluvlari bo’yniga osilgan dunyo!

Moziy manim borimni yod etib siylar,
Dilin obod, ruhlarin shod etib siylar –
Shoh G’azzoliy, shoh Tabriziy, shoh Ro’miylar
Chorig’ini yelkasiga ilgan dunyo.

Sen sig’ingan o’sha jondin ortiq senga –
Tojmahal ham bir bobomdan tortiq senga.
Kulma menga, iddaolar qilma menga –
To’qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo!

Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi,
Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi.
Sinoning etagin o’pib Ovruposi,
Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo.

Mening ko’shkim ko’kda – unga yetmaydi qo’l,
Mening ko’rkim ko’ngil, unga eltgay bir yo’l.
Tirikman men, kel istasang murudim bo’l –
Sen islomdan iymon dardin o’rgan, dunyo!...

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 10.02.2012 22:32   #145  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Xudbinga

Kim-kimga sohibi sanjarman, deydi,
Sim-simga maqtanib – xanjarman, deydi.
Qumursqa ham o’zin ajdarman, deydi
Men nima ham derdim.

Bol bergan qo’lingga nayzasin sanchsa,
Qilgan yaxshiliging bilmagan qancha.
Oqillarin talar gala tirrancha,
Men nima ham derdim.

Iymon yo’q go’shaga ehrom qaydadir,
Qalbga taskin qayda, orom qaydadir.
Magar jondan kechgin, nima foydadir?...
Men nima ham derdim.

Mening yozganlarim shunchaki havas,
Menga dilim poshsho- she’rlarim emas.
Shoir – sen, desam ham qo’ymasang, nokas,
Nima ham derdim.

Otamdan qolmagan bu nazmi so’lg’in,
Men bog’da gul emas – tog’dagi yulg’un.
Qo’lingdan kelsa bor, Navoiy bo’lgin!...
Men nima ham derdim.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось albatros; 10.02.2012 в 22:40.
Ответить 
Старый 10.02.2012 22:41   #146  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
She’riyat - bu…

She’riyat bu – qadim buyuk
So’qmoq ekan,
Kiyik so’qmoq ekan, kiyik
so’qmoq ekan.

Shirin azob ekan, jonni
Yoqmoq ekan,
Bir qo’lda gul, bir qo’lingda
chaqmoq ekan.

Yuragim-ey, boshlab kelding
Meni qayga?
Bag’rim o’xshar pora-pora
Bo’lgan nayga.

Ko’nglim sezar – bu so’qmoqdan
O’tolmayman,
Qaytib ketay desam, qaytib
Ketolmayman.

Chaqirtoshlar tovonimdan
Tishlab olgan,
Qo’llarimdan kiyikchalar
Ushlab olgan.

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось albatros; 10.02.2012 в 22:46.
Ответить 
Старый 10.02.2012 22:42   #147  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
She’riyat,
Ey bevafo sanam!
Qo’llaringdan mahkam tutarman,
Sendan har narsani kutarman,
Sen bir malham,
Sen bir shirin g’am…

Sen borsanki, zahmatlarim bor –
Bu dunyoda ottirgan zarim.
Uxlamay qon yutgan kunlarim
Uchun senga rahmatlarim bor!

Ostonangda iting – xayolim:
Yo’ling poylab o’tgayman sening,
Ko’ngling kimda, bilmayman, sening,
Sen ko’kda qo’l yetmas hilolim.

Ruhim ko’kda
Tuproqda tanam,
Bag’rimni tilkalar bir og’riq.
Endi baxtim o’zingga bog’liq –
She’riyat, ey bag’ritosh sanam!...

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.02.2012 22:44   #148  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Muhammadga maktub.

Qo’ling gulag aylansin qiz quchganda,
Lag’cha cho’g’ ham ho’plagin suv ichganda.
Sev, yuraging karvon bo’lib ko’chganda,
Ishqdan olis sahro bormi, birodar?...

Oshiqlarning orasida hakam yo’q,
Darding aytsang eshitguvchi odam yo’q
Ishq dardiga ishqdan bo’lak malham yo’q,
Bundan o’g’ir savdo bormi birodar?...

Qayon boshing urma bu dunyo bir kam,
Birovga ber o’zing muhtoj bo’lsang ham.
O’zga g’ami o’ldirmasa – o’lsang ham,
Hayotingda ma’no bormi birodar?

Boq bu falak ishlariga o’nglanib:
Kimlar yotar bir joni ming to’g’ralib,
Kimlar yotar qobig’iga o’ralib,
Dardsizdek bedavo bormi, birodar?...

Lochin ko’kda netar ko’zi o’tmasa,
Sindir qalamingni so’zi o’tmasa.
Vatan desang o’pkang to’lib ketmasa,
She’r yozishga balo bormi birodar!...

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 10.02.2012 22:45   #149  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Kapalaklar.

Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon,
Bir jismimda talashadi ikki jon.
Jon talashsam, tepamda charx urgan ul,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar,
Saharlardan shudring-sharob icharlar.
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

Gulga qo’nsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi.
Bir kun yashar, bir-birlarin sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo’q,
Na tovushi, na qo’shig’I, kuyi yo’q.
Kapalakning kambag’ali, boyi yo’q,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

Kapalakning Ka’basidir hur dala,
Dalasida mehr to’la, nur to’la.
Baxtsiz bo’lsa, bari baxtsiz bir yo’la,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni o’ylab bo’ldi yana qon yurak.
Sevaman deb aldamaydi kapalak!...
Kapalaklar odamlardan mehribon!…

Muhammadga ishonmagan ey, mo’minlar,
O’lsam so’zim eslab, uyga cho’minglar:
Kapalakning qanotiga ko’minglar,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
"+" от:
Старый 10.02.2012 22:47   #150  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Bisotiimni bog’da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko’kdagi zilol
Kamalakka almashaman men.

Yog’dularga cho’milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo’lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin, inim.
Shuhratimni totli bir tilim
Handalakka almashaman men

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх