uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Yashash uchun yeyishmi,yo teskarisi??? (https://uforum.uz/showthread.php?t=8916)

Ulugbek Aminjonov 26.04.2009 10:23

Yashash uchun yeyishmi,yo teskarisi???
 
yashash uchun yeyishmi??? O'zbeklarda bir qiziq maqol bor yeyish uchun yashash emas,yashash uchun yeyish kerak!!! Bu kunga kerak maqollardan biri!ko'pgina dinlarda insonning eng nozik joyi ununing nafsi va berilgan ne'matlarga o'rganib qolishdir deb taklidlanadi!!! Aslida nafsi buzuqlik har bir oilada tarbiyalanadi,ammo ba'zi bir oilalar borki o'zligisi ne'matlarni uvol qilib namuna bo'lishadi va o'zligisini oynada(farzanlari,kelajaklari)da ko'rishsa jahilligi chiqadi.Umuman olganda qush uyida ko'rganini qiladi! Menning oilam bunday emas demoqchi bo'lsangiz demak siz tarbiyani ko'chadan olayotgan bo'lasiz! Aslida inson devordagi osma soatga o'hshaydi. Hamma uni ko'rganda yuryapdi deydi,ammo u bir joyda turadi va eskra boshlaydi,lekin uning atrofi o'zgaradi(devorri bo'yashadi,shukabilar)! shuning uchun biz keldikmi to'yib ketaylik degan ma'no olishimiz kerak emas,(yotib qolgunch otib qol emas). Biz faqat o'zimizni o'ylasak unda qanday yuksalish bo'ladi.Men faqat men deb o'ylash juda hato bo'lar edi shunday emasmi???

Umida Shodiyeva 28.04.2009 11:26

Цитата:

Сообщение от Ulugbek Aminjonov (Сообщение 209858)
Mening oilam bunday emas demoqchi bo'lsangiz demak siz tarbiyani ko'chadan olayotgan bo'lasiz!

Fikringizdan men shuni tushundimki,demak "hamma bir xil, hamma birdek fikrlaydi va ish yuritadi.Shu kabi barcha o'zbek oilalaridagi muhit ham bir".Shunday demoqchimisiz?!
Mening fikrimcha esa unday emas. O'zbek xalqi azal-azaldan "Qarisi bor uyning ,parisi bor "deyishadi. Keksalalari bor xonadonlarda doim fayz va baraka bo'ladi.To'kin-sochinlik ham me'yorida,o'z o'rnida bo'ladi. Buni ular yoshlikdan bizga uqtirib kelishadi!

JUS 28.04.2009 13:28

Оффтоп:
(Рамзий маънода :))Ҳозирги кунда кўп (қўштирноқ ичидаги) шахслар ейиш учун яшашяпти.
Шунчасини нима бало гўрига олиб кетармикан

Ulugbek Aminjonov 29.04.2009 15:15

Цитата:

Сообщение от Umida Shodiyeva (Сообщение 210945)
Fikringizdan men shuni tushundimki,demak "hamma bir xil, hamma birdek fikrlaydi va ish yuritadi.Shu kabi barcha o'zbek oilalaridagi muhit ham bir".Shunday demoqchimisiz?! Mening fikrimcha esa unday emas. O'zbek xalqi azal-azaldan "Qarisi bor uyning ,parisi bor "deyishadi. Keksalalari bor xonadonlarda doim fayz va baraka bo'ladi.To'kin-sochinlik ham me'yorida,o'z o'rnida bo'ladi. Buni ular yoshlikdan bizga uqtirib kelishadi!

umuman olganda bularning barchasi oldin o'qishingizga bog'liq,menimcha ba'zi oillarda deb ko'rsatib o'tgan edim!!!

Bobur_ 29.04.2009 15:44

Dunyoda 6,5 mlrd.dan ko'p aholi yashiydi. Ularning xarakteri har xil, o'xshash bo'lishi mumkin, lekin har xil. Shunday ekan, har bir olianing ham sharoiti, urf odatlari, turmush tarzi turlicha. Kimlardur eyish uchun yashasa, kimlardur yashash uchun eydi...
Bu tabiat qonuni, nur bor soya bor. Qarama qarshiliklar bisyor. Har bir inson tarbiya topish jarayonida atrof muhit ta'siri ostida tarbiya topadi. Eyish u-n yashaydimi yoki aksinchami bu har bir insonni tarbiyasiyu imoniga bog'liq deb o'yliman.

Shoista Quchqorova 30.04.2009 19:34

Цитата:

Сообщение от Bobur_ (Сообщение 211714)
Dunyoda 6,5 mlrd.dan ko'p aholi yashiydi. Ularning xarakteri har xil, o'xshash bo'lishi mumkin, lekin har xil. Shunday ekan, har bir olianing ham sharoiti, urf odatlari, turmush tarzi turlicha. Kimlardur eyish uchun yashasa, kimlardur yashash uchun eydi... Bu tabiat qonuni, nur bor soya bor. Qarama qarshiliklar bisyor. Har bir inson tarbiya topish jarayonida atrof muhit ta'siri ostida tarbiya topadi. Eyish u-n yashaydimi yoki aksinchami bu har bir insonni tarbiyasiyu imoniga bog'liq deb o'yliman.

To'g'ri, fikringizga qo'shilaman, shu bilan birga har bir inson o'zini-o'zi kontrol qilishi, nafsini tiyib yurishi, nafs sirtmog'iga tushmaslikka harakat qilishi lozim .Shunda menimcha hamma faqatgina yashash uchun yeydi, tamaddi qiladi.

Ulugbek Aminjonov 03.05.2009 09:50

Aslini olganda barchada nafs bor,hatto u kichik jonzotlarda ham! "Dushmanga bersang u do'stinga aylanishi mumkin,ammo nafsinga bersang u bundanam katta dushmaninga aylanadi" nafsni tarbiyalash uchun alloh ro'za oyini berdi va nafsni 1 oy davomida qiynadi,endi biz faqat ro'za oyida emas doim nafsimizni tarbiyalasak bundan ham yaxshi bo'ladi! Nafs tushunchasi faqat yeyish emas,balki dunyodagi barcha ochkazliklar kiradi! Misol qilib olsak kiyim ko'rdingiz va nafsingizga quloq solib birovning pulini yoki boshqa narsaga atalgan pulni shu ortiqcha narsaga sarifladingiz!(och ko'zlik qildingiz) nafsni tarbiyalaylik!

Shoista Quchqorova 05.05.2009 20:32

Цитата:

Сообщение от Ulugbek Aminjonov (Сообщение 213393)
Nafs tushunchasi faqat yeyish emas,balki dunyodagi barcha ochkazliklar kiradi! Misol qilib olsak kiyim ko'rdingiz va nafsingizga quloq solib birovning pulini yoki boshqa narsaga atalgan pulni shu ortiqcha narsaga sarifladingiz!(och ko'zlik qildingiz) nafsni tarbiyalaylik!

Nafs va ochko'zlik bu bir qarashda bir xil narsaga o'xshasada ,ularning farqlari bor. ochko'zlik nafsdan yuqoriroq turadi.Ochko'z inson o'z nafsini idora qila olmaydi, nafsini idora qila olganlar esa ochko'zlar safiga kirmaydi.


Цитата:

Сообщение от Ulugbek Aminjonov (Сообщение 213393)
alloh ro'za oyini berdi va nafsni 1 oy davomida qiynadi,

Ro'za oyini misol qilib olibsiz, uni davom ettira qolaman.Ro'za oyida 1oy davomida har kun bomdoddan to shomgacha nafsimizni jilovlab yuramiz, lekin shomdan so'ng-chi? Ro'za tutganlarning ko'pi o'z nafsini jilovdan qo'yib, ochko'zlik bilan uchrashadi, ya'ni kuni bilan yeya olmagan ovqatlarini shomning o'zida yeb qo'yishadi.Bu ularga g'alati bo'lib tuyulmaydi, lekin bu ochko'zlikdan boshqa hech narsa emas.:???:

Javohir Mahmudjonov 09.05.2009 14:33

Men yashash uchun yeyman. Inson yeyish uchun yashasa, u hayotni qizig'i yo'q (men uchun).

Azamat Davletmuratov 09.05.2009 19:48

Оффтоп:
А можно мне по-офтопить тут за название темы:

"Не банк для клиента,
А клиент для банка!"


Текущее время: 10:22. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»