![]() |
Tarmoqli marketing – pul topishning oson yo’limi?
Bugungi kunda butun mamlakatimiz bo'ylab Questnet nomli tarmoqli marketing atamasi juda ko'p tilga olinmoqda. Atrofimizdagi yaqinlarimizning kamida uch-to'rttasi allaqachon ushbu biznes turiga a'zo. Ba'zida sizni ham bot-bot taklif qilishayotgan bo'lishlariham mumkin.Qisqa vaqtda keng ildiz otgan tarmoqli marketing haqida rasmiy matbuotlarda ham turli chiqishlar uyishtirilmoqda. Xo’sh , bu turdagi biznes omma orasida nega juda ommalishib ketmoqda.Biznes va’da qilayotgan katta-katta mablag’lar ostida halollik yashirinmi yoki qandaydir qing’irlik? Men bu bo’yicha biron bir fikr bildirish istagida emasman. Shunchaki Questnetga o’xshagan tarmoqli marketing yuzasidan sizlarning fikrlaringizni bilmoq istadim, xolos.
|
Bu faoliyat (aynan Questnet) bilan yaxshi tanish emasman, lekin Tyan-shi, Chans, Faberlic, Oriflame kabi MLM bilan shug'ullanuvchi firmalar haqida juda ko'p marta eshitishimga to'g'ri kelgan va fikrim haliyam o'zgarmadi:
"Bu bema'nilikdan boshqa narsa emas!" |
Бу бўйича баҳсга киришишдан аввал форумдошларга баъзи маълумотлар билан танишиб чиқишни тавсия қилардим.
Тармоқли маркетинг ёки Herbalife, quest.net ва бошқалар хақида Сўнгги бор тармоқли маркетинг ҳақида Quest Net ҳақида нималарни биласиз? Тармоқли маркетингга аъзо бўлаётганлар орасида талабалар кўпчиликни ташкил қилар экан. Уланиш учун 500-600 АҚШ доллари миқдорида маблағ лозимлигини инобатга олсак,..... Хўш, сиз нима деб ўйлайсиз, муҳтаррам форумдош! |
Аlbatta, Husen Tangriyev ta'kidlaganidek, tarmoqli marketing a'zolari ichida talabalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Shaxsan meni ham juda ko'p marta taqdimotlarga taklif etishgan.Yaqinda biр o'rtog'im bayram arafasida qishloqqa uyiga borib keldi. Eshitsam, tarmoqli marketing(questnet)ga a'zo bo'lish uchun uyidan pul olib kelgan ekan. Ota-onasi azob-uqubatda topgan pulni tayinsiz biznesga urish xudbinli emasmi!
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Tarmoqli marketing(questnet) foydami yoki zarar...Bu yerda: info.islom.uz
|
Цитата:
|
Hozirda nafaqat poytaxtimizda balki, viloyatlarda ham tarmoqli marketingga bo'lgan qiziqish juda avj olmoqda.Hali-ham xalqimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda.Hurmatli forumdosh bunga sabab nimada deb o'ylaysiz... Xalqimizni taniyi yoq ishga pul tikishga nima majbur qilyapti...
|
Tarmoqli marketing(questnet) xalqimizni nimasi bilan jalb qilmoqda, nahotki tarmoqli marketing qalloblik bilan ish yuritayotganini ko'zimiz ochiq bo'laturib bilmasak! Hurmatli forumdoshlar bunga fikringiz qanaqa...?
|
| Текущее время: 16:08. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»