![]() |
Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich o‘ynatib qo‘shib olish siyosati
Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich o‘ynatib qo‘shib olish siyosati http://ziyouz.com/images/qora_dog.jpg Jahon tarixida rus imperiyasi nisbatan ancha yosh imperiya hisoblanadi. Podsho Petr Birinchi 1721 yilda Rossiyani imperiya deb e'lon qilgan bo‘lsa, 1917 yilgi oktyabr to‘ntarishini amalga oshirishi bilan V. I. Lenin bu saltanatning vorisi, yanada dahshatliroq davomchisi bo‘lgan qizil imperiyaga asos soldi. Holbuki, paydo bo‘lgan kunidan boshlab (hatto hali g‘oya darajasida bo‘lganida ham) butun dunyoda to‘ntarish yasab, tanho hukmron bo‘lish niyati bilan insoniyatga dag‘dag‘a qilib kelgan o‘sha «qizil imperiya» egallab turgan behad katta hududda qadimda ko‘plab imperiyalar hukmronlik qilib yoki ta'sir o‘tkazib kelganlar: Rum, Yunon, Germaniya, Vizantiya imperiyalari, Polsha, Litva, Shved qirolliklari, qator Osiyo, ya'ni Fors, Xitoy, Turk imperiyalari shular jumlasidandir. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, turkiy xalqlarning ota-bobolari o‘tmishda o‘n olti buyuk imperiya ko‘rganlar: Buyuk Xun, Boti Xun, Ovrupo Xun (eramizning IV asrida Atoma Ovrupoda barpo etgan turkiy davlat), Ko‘kturk, Avar, Hazor, Uyg‘ur, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Buyuk Saljuqiylar, Xorazmiylar, Oltin O'rda, Buyuk Temur, Bobur, Usmoniylar imperiyalari. Bu o‘rinda rus xalqi uch yuz yilga yaqin davr mobaynida mo‘g‘ul-tatar xonliklari qaramligida bo‘lganligini ham unutmaslik kerak. O'rta Osiyo va Qozog‘istonga yurish davrida Farg‘ona general-gubernatori: «Bir ming sart bir rus askari etigining poshnasiga arzimaydi». - deb yozgan bo‘lsa, ularning boshqa biri-Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman: «Amir (Buxoro amri) isyonkorlaridan (1868 y.) birortasi ham asir olinmasin. Qo‘lga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin»,-deb farmon bergan edi. Harbiy tarixchilar A. Terentev, M. Ivanin, 3. Kastelskaya Qozog‘istondagi shahar, qishloqlarni, O'rta Osiyoning madaniy markazi bo‘lmish Toshkent shahrini vayron etib, ming-minglab begunoh oddiy odamlar qonini daryo qilib oqizgan generallar Chernyaev, Skobelev, Ionov, Kuropatkin, Ivanovlarni qattiq qoralashgan. «Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiq»,- deb yozgan edi tarixchi zobit Kastelskaya. «Skobelev Ivanovni zug‘umga olgach,- deb yozadi B. Nalivkin,- u qo‘l ostidagi askarlarini hujumga boshlab, emizikli bolalargacha chopib tashladi»... davomi... |
Turkiston tarixining eng qonli sahifalari
Chor Rossiyasi istilochilari 1877-1878 yillari rus-turk urushi bilan band bo‘lishiga qaramay, 70-yillarda Xivani zabt etgach, asosiy kuchni Turkmanistonni, Akltaka vodiysida joylashgan Dinglitepa va Ko‘ktepa qal'alarini bosib olishga qaratdilar. Bosqinchi rus generallari Skobelev, Lomakin, Golovachev, Lazerev, Grodekov, Kuropatkin, Fon Kaufmandan iborat harbiy qo‘shin avval katta kuch bilan Dinglitepa qal'asiga hujum qiladi. Turkman himoyachilarining qattiq qarshiligiga uchragan rus bosqinchilari Kavkaz tomon chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin istilochilik rejalaridan voz kechmagan oq imperiyaning kallakesar generallari bir yil o‘tgach, 1879 yilning 28 avgustida katta harbiy kuch bilan yana Dinglitepa va Ko‘ktepaga hujumga o‘tadilar. Chor generali Lomakin 16 yarim batareya, 20 ta yuzlik eskadron. 20 to‘p-zambarak qurilmasi bilan, ikkinchi bir rus generali Kuropatkin esa 540 piyoda rus, 318 kazak askarlari, 2 tog‘ to‘pi, 2 raketa qurilmasi bilan birlashadi. Har ikkala general qo‘l ostidagi askarlar, qurolli kuchlar general Skobelevning umumiy qo‘mondonligida 45 ta rota, 11 eskadron, 74 to‘p, 11 ta raketa qurilmasi, 8000 rus va kazak askarlari bilan 40 mingdan ziyod turkman himoyachilariga qarshi dahshatdi urush boshlaydilar. Bosqinchi dushman hujumiga qarshi yetti yashardan yetmish yoshgacha bo‘lgan jamiki turkman botirlari Vatan himoyasida turadilar. Aslida imperiya shunchalik katta harbiy kuchi bilan yarim Yevropani zabt etishi mumkin edi. Lekin Ko‘ktepa qal'asini 6 oygacha ololmagach, chor bosqinchilari hiyla ishlatishga o‘tadilar. Ular himoyachilar kuzini shamg‘alat qilib, qal'a devori ostiga lahm qazib borishadi va juda ko‘p miqdorda portlovchi modda joylab, yarim tunda portlatadilar. Dushman bilan qo‘rg‘on himoyachilari o‘rtasida misli ko‘rilmagan jang bo‘ladi. Rus bosqinchilariga qarshi turgan 40 mingdan ziyod botir himoyachining 20 mingdan ortig‘i jangda halok bo‘ladi, ko‘plari yaralanadi. davomi... |
Abdulaziz xalqimiz tarixining qora dog'lari hamda qonli sahifalarini aks ettirgan mazmunli maqola joylashtiribsiz, rahmat!
Chor Rossiyasining istilosi haqida Evril Turonning "Bu tog'lar, ulug' toglar" hamda Ibrohim Karimovning "Madaminbek" haqidagi tarixiy kitoblarida ham yaxhi ma'lumotlar berilgan. Qiziq, xalqimiz shunchalik ham omi va ishonuvchan bo'ladimi? Ikkinchi maqolada keltirib o'tilgan miltiq ko'tarib kelgan askarlarga ketmon va panshaxa bilan jangga chiqqani, yoki Xudoyorxonning aldanib qolishi, yog'iy bostirib kelayotganda uch xonlik birlashishi o'rniga bir-biriga adovat ko'zi bilan qarashi... Xatolar, xatolar... Ajdodlarimizning qilgan mash'um xatolari... |
Öèòàòà:
|
Öèòàòà:
Òîð êóíãèëëèê áåêëàð ìàíìàí äåìàíã òåíãëèê êèëèíã, Òóêñîí èêêè áîâëè óçáåê þðòèäèð êåíãëèê êèëèíã, äåá ¸çìàãàí ýäè. Õàììà õîíëàð õàì óç ìàâêåéèíè éóêîòèøíè õîõëàìàé õàðàêàò êèëèøãàí. |
Ïîåçä òóíäà êåëäè Êîãîíãà,
Òèëëîëàðíè îðòäèê âàãîíãà. ßíãðàäè ïàðàâîç íàúðàñè: Éóëäàí êî÷-à, ñàðòíèíã áîëàñè!.. Ïîåçä åëèá áîðàð Øèìîëãà, Åòìîêêà éóë áóëñèí øàìîëãà, Àòðîô áèéäåê òóðêíèíã äàëàñè, Éóëäàí êî÷-à, ñàðòíèíã áîëàñè. Îñìîí òóëèá áîðàð òóòóíãà, Îðòäà áàãðè òóëèá êóêóíãà. Áóõîðîíèíã ó÷äè êîðàñè, Éóëäàí êî÷-à, ñàðòíèíã áîëàñè. Ïîåçä êèðèá êåëäè Òîøêåíòãà, Õîëè êóðèá êåëäè Òîøêåíòãà. Òàìáóð òóëà ñîê÷è ñàðàñè, Éóëäàí êî÷-à, ñàðòíèíã áîëàñè. Êîçîêíèíã õàì äàøòè êåíã ýêàí, Áåïî¸í áèð þðòãà òåíã ýêàí. Ó÷ êóíëèê éóë ýêàí éóëíèíã îðàñè, Éóëäàí êî÷-à, ñàðòíèíã áîëàñè. Ñîê÷èáîøè ýíäè õîòèðæàì, Êóéëàð êîëäè îðòäà, îòëàð õàì. Àììî õàìîí óøà ÿëëàñè: Éóëäàí êî÷-à, ñàðòíèíã áîëàñè... Ìóõàììàä Þñóô |
Öèòàòà:
|
Yurtimiz boyliklarining talon-toroji: madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari http://ziyouz.com/images/Amudaryo-xazinasidan.jpg Tarixdan ma'lumki, Turkiston inglizlar, olmonlar, Xitoy va boshqa imperialistik mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O'rta Osiyoga yashirin yo‘l bilan turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirardi. 1931-1933 yillarda «Ost-Ind» kompaniyasining zobiti-leytenant Aleksandr Boris ma'lum vaqt Buxoroda yashab, 200 dan ziyod oltin, kumush tangalar, qimmatbaho taqinchoqlarni yig‘ib Britaniya muzeyiga taqdim etgan. Buxorodan olib ketilgan osori-atiqalar hozirda bebaho hisoblanib, bizning milliy boyligimiz Angliya mulki bo‘lib turibdi. Bu yaqin o‘tmishimizda diyorimizda ish olib borgan xususiy shaxs qilmishlaridan birgina misol. Qadim tariximizda va bizning davrimizda qilingan bunday o‘g‘riliklar va talonchiliklarni aytib ado qilish qiyin. Harholda shu hususda bir oz fikr yuritishga harakat qilib ko‘raylik. O'rta Osiyo xonliklari xazinasi kirim-chiqimida, jumladan, Buxoro amirligi xazinasi haqida qayd etilgan hujjatlar ko‘rsatmasida xilma-xilliklar mavjud. Masalan, Buxoro amirining vaziri - qushbegi Mirzo Nasrulloning inqilobga qadar shaxsan o‘zi ro‘yxatga olgan boyligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Buxoro tillasi 114838 dona, rus tillasi 4365100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi-1108 pud (17 dona - 728 kg) kumush - 45 tonna, rus kumushi- 1385 pud (22 tonna- 160 kg) Buxoro tangasi - 62834780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 696 kg), tilla kukuni- 16 pud (1 tonna 56 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 724 kg), yirik brilliantlar - 3482 karat, buyumlarga tikilgan brilliantlar - 968 karat, kimmatbaho toshlar - 8617 karat bo‘lgan. Buxoro amiri Olimxon (1914-1920) qo‘lidagi rus sanoat banklari aktsiyalarining qiymati 33 million so‘m edi. Uning xazinasida 100 million Rossiya puli bo‘lgani ham qand etilgan. davomi... |
O'z vaqtida yozib qoldirilgan hujjatlar va tarixiy manbalardan, tarixchi olimlarimiz keyingi paytlarda olib borgan jiddiy tadqiqotlardan ayonki, terrorchi qizil imleriya bolsheviklari Buxoro amiri xazinasidan tonnalab qo‘yma oltin va kumush, million-million so‘mlik oltin, kumush tangalar hamda oltin barobar boshqa qimmatbaho boyliklarni tashib ketganlar. Jumladan, olimlarimizdan I. Yo‘ldoshev va N. Haydarovning «Amir Olimxon xazinasi qaerda?» maqolasida («Fan va turmush» jurnali, 1991, 10- son) ta'kidlanishicha, 1914 yildan oldin amir xonadoniga tegishdi oltin, kumush pullar va boshqa qimmatbaho zeb-ziynatlar ro‘yxatini aks ettiruvchi daftarlarning o‘zi taxminan bir yarim olchin (bir olchin 70 sm ga teng) qalinlikda bo‘lgan. «Buxoro amirining oltinlari» sarlavhali maqola mualliflari H. Uzoqov, S. Xolboev jiddiy tadqiqotlar natijasida amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan boyliklarni aniqladilar: «Buxoro tillasi- 1,148.380 dona, rus tillasi - 4,365.100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi- 1,108 pud (17 tonna 728 kg), yombi holidagi Gamburg kumushi - 2,844 pud (45 tonna 404 kg), rus kumush tangalari -1,385 pud (22 tonna 160 kg), Buxoro xazinasi - 62,834.780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 50 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 734 kg) va hokazo, jami 34 nomdagi qimmatbaho narsalar ro‘yxatga olingan. Buxoro xalq inqilobi g‘alabasidan keyin Fayzulla Xo‘jaevning uyi amir Said Olimxon ma'murlari tomonidan talon-toroj qilinib, butun boyligi xazinaga o‘tkazilgan. Otameros boyliklardan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914 yil pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulkni Fayzulla Xo‘jaev Sovet huqumati ixtiyoriga topshirgan. Uning boyliklaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib bo‘lgan bolsheviklar mulk egasi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zini 1938 yil 15 martda otib o‘ldirdilar. davomi... |
Öèòàòà:
Öèòàòà:
|
| Òåêóùåå âðåìÿ: 18:55. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä:
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»