uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   О наших учителях (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=356)
-   -   Talaba nigohida o'qituvchi/domla/ustoz . . . (https://uforum.uz/showthread.php?t=7468)

Tulkin Yusupov 08.01.2009 10:11

Talaba nigohida o'qituvchi/domla/ustoz . . .
 
Hozirgi kumda domlalar, o'qituvchilar, ustozlar o'z talabalari, o'quvchilar va shogirdlaridan, talabalar ham o'z navbatida o'z o'qituvchi, ustoz va domlalaridan noliganini nogoh eshitib qolamiz.

Umuman, siz talabalar, o'quvchilar, sizlarning tasavvuringizda, nigohingizda o'qituvchi, domla va ustozlar qanday fazilatga ega bo'lishi, qanday talablarga javob berishi kerak?

Tulkin Yusupov 08.01.2009 22:08

O'zimni talabalik davrimni eslasam, rosa domlalarga e'tibor berardik. Birinchi kelgan domlaning ilk darsidayoq unga kerakli "tashxis"ni qo'yar edik :)

Umuman, bizning nigohimizda eng yaxshi domla deganda, o'tadigan fanini ham amaliy, ham nazariy jihatdan mukammal biladiganlarni tushunar edik. Bunday xulosaga 2-kursligimizda kelganmiz. Bizga "Moliya" fanidan bir yoshroq domla tayinlangandi. Ilk darslarini asosan savol-javob o'tqazib, o'rtacha dunyoqarashimiz, bilimimizni aniqlagan. Keyingi darslarda biz o'ylagandek, faqat kitobni o'qib berib, dars o'tmadi. Aksincha, barcha nazariy mavzuni amaliyotga bog'lab, kerakli hujjatlar, hayotiy misollar ila tushuntira boshladi. Biz hayratda edik . . . Chunki, biz yoshlar shunday ta'limga chanqoq edik.

Xullas, aytmoqchi bo'lganim, o'qituvchi yoki domla o'tadigan fanining nazariyasini amaliyotga bog'lagan holda o'ta bilishi kerak. To'g'ri, ba'zi fanlarning amaliyoti bo'lmaydi, lekin undagi nazariyani hayotdagi voqealarga bog'lay bilish kerak . . .

Yana o'qitishning samarali usullaridan biri bu dars o'tayotganda, hech qachon talabani zeriktirib qo'ymaslik. Eng asosiysi shu, talaba zerikdimi, tamom, hayoli ketadi, tinglamaydi, sekin jig'ingizga tega boshlaydi . . .

Xo'sh, talabalarning zerikmasligi uchun nimalar qilish kerak degan savol tug'ilishi tabiiy. Siz, har 10-15 minutda ma'ruzangiz davomida talabalar e'tiborini tortadigan harakatlar qiling. Masalan, derazani ochasiz, keyinchalik, yopasiz. Nuqtingizda ovozingizni pastlating yoki sal keyinroq ko'taring. Faqat bitta joyda turmang, o'tirmang. Yurib turing. Talabani naq qarmoqqa ilintiradigan savollardan tashab turing.

Hali gaplarim ko'p . . . Shunaqa gaplar . . . :)

vakhid 20.01.2009 21:36

Жуда кизик мавзуни очибсиз. Талабаларни зериктирмасликка оид мулохазаларингизни батафсил баён этсангиз.

Muhayyo Turdialiyeva 22.01.2009 11:54

Shunisi qizikki o'qituvchi avvalombor talabalarning sinovidan o'tishi kerak. Birinchi ustoz/domlaning bilimi, tajribasi, xarakteriyu muomalasi boshdan oyoq kuzatilib undan so'ng o'qish haqida qayg'urardik. Bundan shuni aytishim mumkinki o'qituvchi, ayniqsa yaxshi o'qituvchi bo'lish hammagayam emas. Auditoriyada o'tirgan har bir talabaga mavzuni qiziqarli tushuntirishning qanchalik murakkabligini o'ylasam ustozlarimizga tahsinlar bo'lsin deb qolaman...

Poshshaxon 29.01.2009 21:03

Цитата:

Сообщение от T.Yusupov (Сообщение 169045)
Xo'sh, talabalarning zerikmasligi uchun nimalar qilish kerak degan savol tug'ilishi tabiiy. Siz, har 10-15 minutda ma'ruzangiz davomida talabalar e'tiborini tortadigan harakatlar qiling. Masalan, derazani ochasiz, keyinchalik, yopasiz. Nuqtingizda ovozingizni pastlating yoki sal keyinroq ko'taring. Faqat bitta joyda turmang, o'tirmang. Yurib turing. Talabani naq qarmoqqa ilintiradigan savollardan tashab turing.



Siz o'zingiz DOMLA bo'lib ko'rganmisiz? O'rgatish hamma vaqt oson, ammo hayotga tatbiq etish....

Lutfillo Tursunov 29.01.2009 22:30

Цитата:

Сообщение от T.Yusupov (Сообщение 168765)
Umuman, siz talabalar, o'quvchilar, sizlarning tasavvuringizda, nigohingizda o'qituvchi, domla va ustozlar qanday fazilatga ega bo'lishi, qanday talablarga javob berishi kerak?

Tалабаларчи? Улар қандай бўлиши керак? Бугунги кун талабаси ҳақида фикрлар билдирилса ҳам яхши бўларди...
Домлаларга келсак, олийгоҳда билим бериш ҳар кимнинг ҳам қўлидан келадиган иш эмас. Лекин... Ўз соҳаси бўйича ҳеч қаерда ишлай олмаган ва сўнгги бекат сифатида институт, университетда домлаликни танлаганлар ҳам йўқ эмас. Бундай "ўқитувчилар"ни аямаслик керак. Турли саволлар, қатъий оҳангдаги талаблар билан (албатта ўша фан юзасидан) уларни адабини бериш керак. Бу инсонийлик, виждонга тўғри келмайди, дейишингиз мумкин. Лекин талабаларга билим бера олмаслигини била туриб, шанчаки вақт ўтказиш ва маош олиш, сессияларда қўшимча даромад қилишни ўйлаб "домла"ликни танлаш виждонданми?!
Агар мураббий ҳақиқатанам салоҳиятли бўлса, талабалар билан қандай муомила қилишни, уларни қандай қилиб дарс тинглашга чорлашни яхши билади. Бунга кўп бор гувоҳ бўлганмиз. (Бизнинг давримизда шунақа эди, ҳозир қанақалигини билмайман.)

Tulkin Yusupov 30.01.2009 15:27

Цитата:

Сообщение от Poshshaxon (Сообщение 176431)
Siz o'zingiz DOMLA bo'lib ko'rganmisiz? O'rgatish hamma vaqt oson, ammo hayotga tatbiq etish....

Yuq, domla bo'lib ko'rganimcha yuq. Lekin dars berish niyatim bor. Men bu yerda o'rgatganim yuq, aksincha o'rganmoqchiman :)


Цитата:

Сообщение от Lutfillo Tursunov (Сообщение 176454)
Tалабаларчи? Улар қандай бўлиши керак? Бугунги кун талабаси ҳақида фикрлар билдирилса ҳам яхши бўларди...

To'g'ri, fikringizda ham jon bor. Lekin avval talabalarga ustoz kerak, shuning uchun mavzuni bu tomonga qaratgan edim.

Aziza Abdunabiyeva 05.02.2009 16:11

Цитата:

Сообщение от T.Yusupov (Сообщение 168765)
Umuman, siz talabalar, o'quvchilar, sizlarning tasavvuringizda, nigohingizda o'qituvchi, domla va ustozlar qanday fazilatga ega bo'lishi, qanday talablarga javob berishi kerak?

Ustoz juda ko'p narsani bilmasa ham, lekin o'sha biladigan ozgina ilmini talaba va o'quvchilarga bera olsa u - haqiqiy ustoz. Ayrim o'qituvchilarimizning bilimlariga qoyil qolamiz, havas qilamiz...Lekin faqat shu...bilgan ko'p narsalarini ozginasini ham o'rgata olishmaydi.

Adham Karabaev 05.02.2009 16:35

Авваламбор Устознинг кунгли очик, багри эса бошка касб усталарига нисбатан кенгрок булиши керак, чунки улар "келажак"га билим ва тарбия беришади, айтганча, тарбия борасида улар барчага урнак булишлари зарур.

Aziza Abdunabiyeva 05.02.2009 18:29

Цитата:

Сообщение от Magister (Сообщение 178650)
Авваламбор Устознинг кунгли очик, багри эса бошка касб усталарига нисбатан кенгрок булиши керак, чунки улар "келажак"га билим ва тарбия беришади, айтганча, тарбия борасида улар барчага урнак булишлари зарур.

Ҳа, айнан шундай. Масалан, (буни бошқа мавзуда ғам айтгандим) ўзи ҳам телеқон ишлатиб (кап-катта одам, истаган нарсасига эгалик қилиши мумкин. Лекин ўша "истаган нарсаси"ни дарсда ишлатадиган ўқитувчи "Дарсда телефон тутманглар, мактабга бу матоҳни олиб келиш мумкин эмас" деганда, ким ҳам айтганини қиларди?! ), яна бир нарсаларни талаб қилса, ўқувчилар олдида ўз ҳурматини йўқотгани қолади.


Текущее время: 09:04. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»