uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Loyiha-2011 (https://uforum.uz/showthread.php?t=16149)

Pfefferminze 19.08.2011 09:37

Loyiha-2011
 
Hurmatli forumdoshlar!


Mehribonlik uyiga borib, bolalarni ko'rganimda, oralarida iqtidorlilari kam emasligini shohidi bo'ldim. Iskandarim ham shular qatorida ekan. Ko'p kitob o'qishni yaxhsi ko'rar ekan. Avtomobil qurish to'garagida qatnab, birinchi o'rinni egallabdi ekan. Maqtov yorliqlarini ko'rib, ko'zim quvondi. Oradan oz vaqt o'tib hayolimga bir fikr keldi va shu g'oyamni amalga oshirishga intilmoqchiman. Men mehribonlik uyiga grant olib bermoqchiman. Bundan asosiy maqsad u yerdagi iqtidorli bolalarga kasb-hunar bo'yicha maxsus o'quv kurslarini ochib berish. Bularga bir qator fanlar va turli-xil qo'shimcha hunar to'garaklari kiradi. Asosiy fanlar: matematika, fizika, informatika,chet tili, kimyo, adabiyot bo'ladi va albatta sport.

Tabiiy, bu uchun moddiy baza hamda bir talay malakali o'qituvchi kadrlar yoki ko'ngillilarni ham jalb qilish mumkin. Moddiy rag'batlnatirish asosida esa sifat yotadi. Maoshlar grant hisobida beriladi.

Men xalqaro tashkilotlar bilan aloqaga kirishga tushayapman. Hamda Sizlarning yordamlaringizga muhtojman. Bu yerda, xalqaro grantlar bo'yicha ma'lumot bo'lsa, qoldirshingiz mumkin. Beminnat xizmat taqdirlanadi, loyiha ishtirokchisi bo'ladi. :-) Shaxsan, o'zim hech qanaqa manfaat istagida ham emasman. Ammo, eskidan qolgan bir naql bor, ya"ni birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar. Balki, beminnat xizmatlaringiz ancha ast qotar. Loyiha yozishda tajribam bor. Ko'zim yetgani uchun ham shu ishga qo'l urib ko'rmoqchiman.

Xullas, fikrimni to'liq bayon eta oldim, degan umidda, fikr-mulohazalaringizni hamda grantlar haqidagi ma'lumotlarni kutib qolaman......


hurmat bilan

R

Colorado 19.08.2011 23:32

Цитата:

Сообщение от Pfefferminze (Сообщение 597582)
grantlar haqidagi ma'lumotlarni kutib qolaman......

http://www.uz.emb-japan.go.jp/cooperation/grants/social/

Pfefferminze 20.08.2011 12:16

Цитата:

Сообщение от Colorado (Сообщение 598094)

Akajon, kattakon rahmat.


hurmat bn


Ra'no


Текущее время: 09:22. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»